Explanatory dictionary
nasl
насл
Meanings
- . Bir avlod-ajdodga mansub kishilar urugʻi, ularning kelib chiqishi, zoti, nasabi, tagi-taxti.
- . Kelajak avlod, zurriyot.
- . Maʼlum belgi-xususiyatlarga ega, bir turga mansub oʻsimliklar, bir zotga mansub hayvonlar guruhi; urugʻ, zot.
Examples
- Naslini surishtirmoq. Nasldan naslga oʻtmoq. Qazisan-qartasan, asli naslingga tortasan. — Maqol.
- Al-Beruniy, Al-Xorazmiy Al-Forob avlodidan, Asli nasli balki oʻzluq, Balki tarxon, oʻzbegim. — E. Vohidov — Muhabbat.
- Nimani meros qilib qoldirayin naslimga. — S. Akbariy — Mehrigiyo.
- Bahodir nasli ham boʻlgay bahodir. Na mushkul boʻlsa, hal qilmoqqa qodir. — Habibiy.
- Hayvonlarni duragaylab, yangi nasl olish. Biz ot naslini tuzatishda ham hali bir ish qilmadik. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
Etymology
arab. – avlod, urugʻ; bola-chaqa; tugʻilgan bola
Source: Wiktionary
Views: 0