ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

neft

нефть

Meanings

  1. Yonilgi sifatida ishlatiladigan va turli mahsu-lotlar (maye., kerosin, benzin) olinadigan qoʻngʻir yoki qora yogʻsimon, eng muhim qa-zilma; suyuq mineral modda.
  2. Neft - to'yingan, to'yinmagan va halqali (siklik) uglevodorodlarning yig'indisidan iborat tabiiy modda bo'lib, u to'q jigarrang, yoqimsiz hidli, moy-simon suyuqlik. U suvdan yengil (zichligi 0,73 dan 0,95 g/sm3 gacha) bo'lib, suvda erimaydi, organikaviy erituvchilarda eriydi. Neft kimyo sanoati uchun qimmatli xom-ashyo bo'lib, undan hozirgi vaqtda 3 mingdan ortiq har xil mahsulotlar olinadi. Neftni oldin gaz, suv, sulfidli birikmalar, kislotalar va har xil aralashmalardan tozalab, so'ngra odatdagi bosimda haydab uchta fraksiyaga ajratiladi: gazolin fraksiyasi, ligroin fraksiyasi, kerosinli fraksiya.
  3. asfalt asosli neft - eskirgan tasniflardagi atama bo'lib, barcha neftlar quyidagilarga bo'lingan: 1) asfalt asosli neftlar; 2) parafin asosli neftlar; 3) aralashma asosli neftlar. Asfalt asosli neftlarga tarkibida parafin kam bo'lgan, og'ir, smolali neftlarni, asosan naftenli-aromatik (xushbo'y) neftlarni kiritish mumkin.
  4. parafin asosli neft - parafin asosli neftga yengil, kam smolali neftlarni, ko'proq metanli yoki metan-naftenli parafinga boy neftlarni kiritish mumkin.
  5. sintetik neft - tabiiy bitum, yonuvchi slanets va ko'mirlarni kimyoviy qayta ishlashda olinadigan suyuq uglevodorodlar.

Examples

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary