Explanatory dictionary
niqob
ниқоб
Meanings
- \a. — yopinchiq, yuzga tuti-
- ladigan toʻr] 1 Oʻzini tanitmaslik yoki himoya qilish uchun yuzga tutiladigan, ki-yiladigan narsa; maska.
- Maxsus tikilgan jild, qoplama.
- Haqiqatni, haqiqiy hol, qiyofa va shu kabilarni pardalovchi, yashiruvchi narsa, vosita.
Examples
- Karnaval niqobi. yat Ungur qaziyotgan boyoqishlarning yuzlari chaqmoqdan yara, gʻurra boʻlib ketibdi, shuni tutib olib ishlashsin, deb qildim, — dedi Qudrat, temir niqobni chollarga uzatib. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Ey mohtob, ochgil niqob, Kapnaeajida yangrar soz. — T. Toʻla.
- Uch derazali katta kabinet, baland suyanchiqli stullarga, yumshoq kreslolarga oq niqob yopilgan. — P. Qodirov — Uch yulduz.
- Niqobini olmoq. yat Ha, uzoq yillar mobaynida [Erkinning otasi] bolshevik niqobida yurgan. — T. Malik — Iblis devori.
- [Mutavalli] Yuzidagi gʻazab va norozilik alomatlarini joʻrttaga yoʻqotib, yasama shodlik niqobini kiyib olibdi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- Bu hol [Homidning] sirini ochar, yuzidagi niqobini olishga, raqiblar ila yuzma-yuz kelishga majbur etar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Source: Wiktionary
Views: 0