Explanatory dictionary
nisbat
нисбат
Meanings
- Narsalarning bir-biriga qaraganda katta-kichikligi, oz-koʻpligi va sh. k.
- mat. Bir sonning ikkinchi songa qaraganda qiyosiy kattaligi, bir sonning ikkinchi songa boʻlinishidan hosil boʻlgan boʻlinma.
- Nisbat bermoq Biror kimsaga yoki narsaga olib borib bogʻlamoq; oʻxshatmoq;
- Feʼl nisbatlari Harakatning subʼyekt va obʼyektga boʻlgan munosabatini koʻrsatadigan feʼl shakllari.
Examples
- Kuchlar nisbati.
- ..urushda qatnashayotgan kuchlarning nisbati, maqsadi kun sayin ilmiy asosda tushuntirib borilishi kerak. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Ikki miqdor oʻrtasidagi nisbat.
- Mening jununima Majnunni bermangiz nisbat. — Nodira.
- Ota-bobolarimiz qadimda koʻp joylarning nomini dov-daraxtlarga nisbat berib qoʻyganlar. — Gazetadan.
- Feʼlning oʻzlik nisbati. Felning orttirma nisbati.
Etymology
[ arab. نِسْبَة — munosabat, aloqa; qarindoshlik; oʻzaro bogʻlanish; miqdor ]
Source: Wiktionary
Views: 0