Explanatory dictionary
nuqta
нуқта
Meanings
- Makon yoki fa-zodagi maʼlum bir oʻrin; punkt.
- Darak ran va tinch ohang bilan ayti-ladigan undov ran oxirida, shuningdek, shartli qisqartmalarda qoʻllanadigan tinish belgisi (.).
- Gapga nuqta qoʻymoq Gapni tugatmoq, borayotgan bahs-munozarani toʻxtatmoq, yakunlamoq. Ikki (yoki qoʻsh^ nuqta Uyushiq boʻlaklar umumlashtiruvchi soʻzdan keyin, shuningdek, koʻchirma gaplar muallif gapi-dan soʻng kelganda qoʻyiladigan tinish belgisi (:). Koʻp nuqta Matnda tushirib qol-dirilgan parcha oʻrniga, mazmuni tugamagan gaplar oxiriga qoʻyiladigan uch nuqta (...).
- Nota yozuvi, geografik xarita, plan kabilarda biror narsaning shartli ifo-dasi boʻlgan belgi(.).
- Maʼlum bir tarmoqli tizimda biror tarmoq, narsa oʻrnashgan joy, punkt.
- Matematikada, mexanikada, fizikada oʻlchovi yoʻq punkt, oʻrin, kesmalar chegarasi.
- Tayanch nuqtasi Richag tayangan joy. Urinish nuqtasi mat. Bir chiziqning ikkinchi chiziqqa urinib oʻtgan yeri.
- Moddaning bir holatdan ikkinchi holatga oʻtish payti, chegarasi (harorat bilan bogʻliq).
- Voqea, hodisa, ijtimoiy taraqqiyot va sh.k. jarayonlarda maʼlum bir payt, chegara.
- Nuqtai nazar q. nazar.
Examples
- Bir nuqta-ga tikilib qolmoq. m
- Har vaqtdagidan koʻrkamroq, tiniqroq koʻringan toʻlin oy samoning bir nuqtasida qotgan kabi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shaharning planini keltirib berdi va dorilfununga boradigan tramvay yoʻlini qizil siyoh bilan chizib, tushiladigan yerlarga qizil nuqtalar qoʻydi. — A. Qahhor — Sarob.
- Pulemyot nuqtasi. Savdo tarmoqlarining nuq-talari. m Artilleriya xuddi roʻparadan ot-ganday dushman okoplarini, oʻt ochish nuq-tamrini birin-ketin tor-mor qilmoqda edi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
- A nuqta bilan B nuqta orasi. Toʻgʻri chiziq-larning kesishgan nuqtasi.
- Qaynash nuqtasi, Muzlash nuq-tasi. Erish nuqtasi.
Etymology
a. "ikZz — nuqta; punkt, post; tomchi; tinish belgisi
Source: Wiktionary
Views: 0