Explanatory dictionary
ochilmoq
очилмоқ
Meanings
- Ochmoq 1, 2, 9-12 fl. oʻzl. n.
- Ahmad, Hukm.
- Boshlanmoq, ish boshlamoq.
- Koʻrinmoq, namoyon boʻlmoq.
- Basharasi ochilmoq Kirdikori, aybi, aslida kimligi fosh boʻlmoq.
- Xafaligi yoki qahr-gʻazabi yoʻqolib xushnud boʻlmoq, yozilmoq.
- Bahridili ochilmoq Kayfiyati yaxshi boʻlmoq, chehrasi yorishmoq.
- Husniga husn qoʻshilib, tobora chi-royli boʻlmoq, goʻzallashmoq.
- Baxting ochilsin q. baxt 2. Jagʻi ochil-
- moq Toʻxtovsiz gapirmoq; koʻp, uzoq gapir-moq.
Examples
- Fikri ochildi. Rangi ochildi. n
- Keldi ochilur chogʻing, oʻzliging namoyon qil, Parchalab kishanlarni, har tomon pirishon qil. — Hamza.
- Bu paxta ekan-ku, hali shoshmay turinglar, ochilgan xotinlar boshqatdan paranjiga kiradi. S.
- Tomlardagi.. lolalar kip-Kizilboʻlibochildi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Soʻnggi quyoshli kunlarda paxta yana qiy-gʻos ochildi. — I. Rahim — Ixlos.
- Ertaga shu muammoga bagʻishlangan olimlarning yigʻili-shi ochiladi. — S. Zunnunova — Koʻk chiroq.
- Yoʻlchining koʻziga jannatday katta bogʻ manzarasi ochildi, tomosha qilib, keksa togʻaning orqa-sidan yura berdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Agar mana shu Muzlok togʻning.. sirtiga chikilsa, kishining koʻzi oldida biri-biriga zid ikki dunyo ochiladi. — M. Ismoiliy — Far-gona t. o.
- Toʻgʻri, Rahim-jon Moʻydinovga tuhmat kilganlarning avra-astari agʻdarildi, haqikiy basharasi ochildi. — "Mushtum".
- -Goho biron kishi [buvimning] koʻnglini ogʻritganda, men unga bir ogʻiz yumshok gap aytsam, oʻsha zamoni ochilib ketaqolardi, — dedi Kenja. — H. Nazir — Asarlar.
- Elmurod uning [Gulsumning] bu kadar ochilib kulganini birinchi koʻrishi edi. U bundan rohat qildi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Shiypon orqa-sidagi gʻoʻzalarni koʻrib, Paygʻomovning bah-ridizi ochilib ketdi. — S. Nurov — Maysalarni ayoz urmaydi. Chehrasi ochilmoq ayn. bahridi-li ochilmoq.
- Zunnunovning nazarida Saodatxon yanada ochilib ketganga oʻxshaydi. — I. Rahim — Ixlos.
- Qora koʻylak ichida boʻgʻilib yotgan ekansan. Qara, nak shaftoli gulidek ochilibsan, kel, pardoz kila-miz. — N. Safarov — Sharq tongi.
- Bashirjon uzoqrokdan kelinga tikshshb turarkan: "Juda ochilib ketibdi", deb oʻyladi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Oshno bir muddat jimib qoldi, lekin lahza oʻtib, tagʻin jagʻi ochildi. — M. M. Doʻst, Lolazor. Ishtahasi ochilmoq Ishtiyoq bilan ovqat yemoq;
- -Ana endi, charchok ham unuti-ladi, ishtaha ham ochiladi. Uning gapi toʻgʻri chiqdi. S. — Ahmad — Jimjitlik. Koʻzi ochilmoq q. koʻz.
- Taʼzirimni yeganim shu boʻldiki, koʻzim ochildi, tushunib oldim. — S. Zunnunova — Olov. Ogʻzi ochilmoq Hayron boʻlmoq.
- Bir hafta-dan keyin qiz Jamolzodaning ustaxonasiga tashrif buyurdi. U "Koʻkkoʻl tongi"ni koʻrib, ogʻzi ochilib qoldi. Oʻshanda koʻrgani hozirgi polotnoning oldida oddiy ermak edi, xolos. — "Yoshlik". Havo ochildi Havo bulutdan toza-landi.
- Osmonni qoplagan chang-toʻzon alla-qachon gʻoyib boʻldi, havo charaqlab ochilib ketdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Uzok; oʻylagandan soʻng ishning ochilmay qolgan qismini yechishni boshqa vaqtga kol-dirmokchi boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Etymology
1 Ochmoq 1-8 fl. majh. n. ◆ Eshik ochizdi. Sandiq ochildi. Yoʻl ochildi. Yangi maktab ochildi. Qingʻir ish qirq yildan keyin ham ochiladi. — Maqol. m ◆ Bir haftaga qolmay kanalga suv ochiladi. — S. Ahmad — Ufq. ◆ Mana shu togʻlarning ikki tarafidagi adir-lar, Makrit choʻlidan ochilgan yerlarning hammasi meniki, menga qaraydi. — S. Ahmad — Jimjitlik. ◆ Haykalchaning ochilish marosimi boʻlib oʻtganidan bexabar, parda tutishga hojat qolmaganini bilishmaydi. — M. M. Doʻst, Lolazor. ◆ Yaqinrogʻingizdaoʻlmoquchun.. dushman tomonidan uyingizga ochilgan tuynukchaga kirdim. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Hasa-nali
Source: Wiktionary
Views: 0