Explanatory dictionary
ohista
оҳиста
Meanings
- Asta, qattiq ovoz chiqarmasdan, sekingina.
- Shoshmasdan, sekin, asta; shov-shuv koʻtarmasdan.
- Bilinar-bilinmas, sal-pal, zoʻrgʻa payqab oladigan darajada.
- Hovliqmasdan, bosiqlik bilan, yotigʻi bilan.
- Bildirmay, bilintirmay, oshkor qilmay, yashirincha.
- Ehtiyotlik bilan, avaylab, astagina.
- Tinch, osoyishta.
- Yengil, osongina.
Examples
- Ohista gapirmoq. Derazani ohista yopmoq.
- Rahmat.. Rahimjon aka! — dedi Raʼno sekin. Dediyu, entikdi, soʻngra chuqur nafas olib, ohista takrorladi: Katta rahmat! — O. Yoqubov — Bahor kunlaridan birida..
- Avaz uygʻoq edi, otasi bilan ohista gaplashib kirayotgan kishining tovushini eshitdiyu: Yana bir hamdard shekilli, deb shiftga qarab yotaverdi. — S. Siyoyev — Avaz.
- Raʼno ohistagina Anvarning yoniga kelib, supaga suyandi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Umid kirishda ohista u yoq-bu yoqqa qarab kirgani bilan, chiqishda mushukdek epchillik bilan zinapoyalardan tushdi. — Mirmuhsin — Umid.
- Koʻzni ohista ochib, yummoq. Boshni ohista chayqamoq. Oy ohista chiqmoqda.
- Qaygʻuga botgan koʻzlarini yumib, boshini ohista irgʻadi. — "Saodat".
- Pastdan shosha-pisha chiqib kelayotgan vrachning sharpasini sezgach, xiyol qoʻzgʻalib, ohista koʻzini ochdi. — N. Aminov — Qahqaha.
- Voqeani ohista bayon qilmoq.
- Sizga shunday vazifa yuklandi: ukangiz, singlingiz, xoʻsh, yana kim bor — shularga ohista tushuntirasiz, yaʼni ular Mirzakarimboy otamga araz qilmasinlar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ohista ishora qilmoq.
- Zamira Ochilning oʻtli qarashlarini avvaldan his qilar, lekin ularda suqlik sezmas, aksincha, koʻz-koʻzga tushganda, yigit ohista koʻzini olib qochar va uyalib, oʻzini mumkin qadar tortib yurar edi. — P. Kodirov — Uch ildiz.
- Shiypon yaqiniga borib, ohista moʻralasam, kattakon gujum tagida Xolchuchuk oʻtiribdi. — "Saodat".
- Yarani ohista bogʻlamoq. Bemorni ohista yotqizmoq.
- Qaygʻu bilan charchagan qizning koʻzlari yumila boshladi. Yoʻlchi uning boshini kir yostiqqa ohista qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qamchi bilan Mavlon aka Botiralini ohista koʻtarib, aravaga oldilar. — Gʻ. Gʻulom — Mashʼal.
- Bu qishloqda hayot ohista va bir maromda kechardi. — "Sharq yulduzi".
- Samolyot ohista Andijon tuprogʻiga qoʻndi. — "Yoshlik".
Etymology
[ fors. – sekin, asta, asta-sekin; shovqinsiz; osoyishta ]
Source: Wiktionary
Views: 0