Explanatory dictionary
ora
ора
Meanings
- Ikki narsa yoki nuqta oʻrtasidagi masofa.
- Narsalar oʻrtasidagi joy, boʻshliq, maydon; ochiq yoki teshik joy.
- Narsalarning bir-biriga tutashgan joyi, oʻrtasi.
- Tirnoq orasidan kir qidirmoq q. tirnoq.
- Narsalarning ichi, oʻrtasi.
- Qator, saf; toʻda, davra.
- Ikki voqea, hodisa yoki payt oʻrtasida oʻtgan, oʻtadigan vaqt, fursat
- Bu (yoki shu) orada 1) shu vaqt ichida, maʼlum vaqtdan boshlab oʻtgan vaqt davomida.
- ) bu (shu) oʻrtada, yaqin atrofda.
- Kishilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabat, aloqa.
- 3-sh. egalik va oʻ.-p. k. qoʻshimchalari bilan koʻmakchi vazifasida ishlatiladi (q. orasida).
Examples
- Moskva bilan Toshkent orasi 3500 kilometr. Kolonnada mashinalar orasi. m
- Ora uzoq, qariyb bir kilometrcha kelar edi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat.o.
- Gʻoʻza qa-torlari orasini yumshatish. n
- Seni unda, meni munda yaratdi. Oramizda oqar daryo yaratdi. — "Qoʻshikdar".
- Supalarning oralari-ga, atrofiga anvoi gullar ekilgan. A. — Qahhor — Asror bobo.
- Bulupigar orasidan oyning bir parcha kumushi koʻrinib qoldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Etagi eshik orasiga qisilib qoldi. n
- Saman otliq, qamchisini buklab, piyozi chakmonining yoqasi bilan gardan orasiga qistirdi-da, otini qistab, devorga yaqinlashdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Beda orasi juda issiq, goʻyo quyoshning butun olovi beda ichiga yashiringanday. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Oramizda har xil odamlar bor. Oramizdan yaqin doʻstimiz ketdi. yash Buni haydang.. oradan, joʻralar! Yana yolgʻonlar ila koʻp Sizni sarson qiladir. — Hamza.
- Qoʻshin Toshkentga yetgan baʼdida bizlar tashqaridan va sizlar ichkaridan boʻlib, Musulmonqulni oradan koʻtargaymiz. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Mehmonlar joʻnab, oradan sal vaqt oʻtmay Asrorqul keldi. A. — Qahhor — Asror bobo.
- Oradan toʻq-qiz yil oʻtdi. Bular toʻrt bola koʻrishdi. A. — Qahhor — Boshsiz odam.
- Ikkala xatga ham tezda javob kela ber-madi. Bu orada janglar boʻlib, Mirzayevning qismi — gvardiyachi qism, oʻzi gvardiyachi serjant boʻldi. A. — Qahhor — Koʻk konvert; 2) bu (shu) oʻrtada, bu (shu) joylarda, yaqin at-rofda.
- -Bu orada Homid nima qilib yurib-dir, oʻziga tuzukkina boy kishi emasmi edi ? — dedi Oftob oyim. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Kun ora Kun osha, ikki kunda bir, oradan bir kun oʻtib.
- Mulla Muhsin, shu hovuzdan kun ora suv oʻtadimi yo yoʻq? A. — Krdiriy — Kichik asarlar. Tez orada q. tez 1. Yaqin orada 1) yaqin vaqt ichida, yaqin kunlar ichida, shu kunlarda.
- Agar yaqin orada havo ochilmay, surunkasiga yomgʻir yogʻib bersa, nima qilamiz?N. Safarov, Xadicha Axrorova
- Yaqin ora-dagi objuvoz poykoʻpining zarbi yerni sil-kitib, toʻlqin berar edi. A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bu haqda endi bizning oramizda gap boʻlmasin, oʻrtoq Nurmonov. — S. Zunnunova — Olov.
- -Haligi gaplar yolgʻonmi! Orada hech narsa.. boʻlgan emasmi? — soʻradi yumshoqlanib ona. Oybek, Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0