Explanatory dictionary
oriyat
орият
Meanings
- Or-nomus; izzati nafs.
- Oriyat talashmoq Or-nomus talashmoq, oʻz izzati nafsini himoya qilmoq, obroʻni qoʻldan bermaslik, oʻz obroʻyiga dogʻ tushirmaslik uchun kurashmoq.
- Uyat, sharm; or.
- Oriyati kelmoq Or qilmoq, uyalmoq.
- Asli oʻziniki boʻlmagan, birovdan vaqtincha soʻrab olingan.
Examples
- Oriyating boʻlsa, sen ham dalaga chiq, kuchingni ketmonda koʻrsat, men seni mard bilay. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Yosh emasmi, birdan uning oriyati qoʻzgʻaldi, Shartta pastga tushdi u ham, U ham yayov yoʻl oldi. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Boylar yetimchani choʻri qilishgani ham oriyat qiladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oriyat tun.
- Masalan, Sarimsoq, unga yerni hukumat bergan. Oriyat yer. — A. Qahhor — Sarob.
Etymology
[ arab. – birovdan vaqtincha olingan narsa; qarzga berilgan buyum ]
Source: Wiktionary
Views: 0