Explanatory dictionary
orqa
орқа
Meanings
- Gavdaning qoringa nisbatan ters tomoni, boʻyindan dumgʻazagacha boʻlgan qismi.
- Narsalarning ters yoqsagi qismi, yuz, bet, old tomoniga teskari tomoni, tes-karisi.
- Narsa yoki kimsaning yuz, bet, old tomoniga qarshi tomon; ort.
- Ortda, keyindajoylashgan.
- Ortda qolgan, oʻtilgan yoʻl; shaxe yoki predmet chiqib kelgan tomon; harakat yoʻ-nalgan tomonning aksi.
- Orqada qolmoq Qoloqlik qilmoq; biror vazifani oʻz vaqtida bajarmaslik.
- Homiy, suyanchiq, tirak.
- Orqa qilmoq Biror shaxs yordamiga, hi-moyasiga, kuchiga ishonmoq, unga tayanib ish tutmoq.
- 3-sh. egalik va j.k., oʻ.-p.k. va ch.k. qoʻshimchalari bilan koʻmakchi vazifasida ishlatiladi (q. orqasiga, orqasida, orqa-sidan).
- Orqaga ketmoq Tanazzulga yuz tutmoq, olgʻa bosishdan toʻxtamoq.
Examples
- Qoʻlni orqasiga qilib yurmoq. n
- Mingboshi yerda gʻujanak boʻlib yotgan Mat-qovulning orqasiga qamchini shilp etkizib tushirdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Saidiy eshikka orqasini berib oʻtirar edi. — A. Qahhor — Sarob.
- Suratning orqasi. Teshaning orqasi. m
- Samandarov chiroqning piligini koʻtar-di, qalamning orqasi bilan stolni qoqib, gʻovurni bosdi. — A. Qa\hor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Chinnigul darvoza tagiga yetganda, orqasiga qayrilib qaradi-yu, ichkariga kirib ketdi. — S. Zunnunova — Koʻk chiroq.
- Ona shu soʻzlarni aytib, oʻtirgan yeridan kaftlari-ning orqasini yerga tirab, turdi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Orqaga qaramoq. Uyning orqa devori. tt Shu onda orqasidan gurullab avtomobil kelib qoldi. — A. Qahhor — Karavot.
- Yoʻldosh orqadan asta kelib, El-murodning koʻzini ikki qoʻli bshzan bekitdi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Velosiped-ning orqa gʻildiragi. Til orqa tovushlari (gram.).
- [Otabek] Eshik zanjiriga qoʻlini olib borgani holda oʻyla-nib toʻxtadi va eshikni ochmay, orqasiga qaytdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Olgʻa bo-sish, har holda, orqaga qaytishdan xatarli emas. — A. Qahhor — Maston.
- Shalola quriliizi hozir eng orqada qoldi. — S. Aqmad — Ufq.
- Togʻdan orqasi boʻlganning toshdan yuragi boʻlar. — Maqol.
- Seni orqa qilib, bunda yuraman, Ort-sirtingdan koʻp himoyat qilaman. — "Alpo-mish".
- [Otabek:] Bizning kundan-kunga orqaga ketishimizga oʻzaro nizoyimiz sabab boʻlmoqda. — A. Qodiriy — Oʻt-gan kunlar. Orqaga surmoq (yoki tashlamoq, siltamoq) Biror ishni paysalga solmoq, kechiktirmoq.
- Bunine har ikkisi ham kol-xozlashtirish ishini orqaga surishi, xiy-lagina orqaga surishi mumkin edi. — A. Qaqhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Orqasidan gapirmoq Oʻzi yoʻgʻida u haqda gapirmoq; gʻiybat qil-moq. Doʻst oldingda gapirar, Dushman — or-qangdan. Maqol. [Birovning] orqasidan ke-sak (yoki tosh) otmoq 1) ikkinchi qaytib kelmasligini tilab laʼnatlamoq; 2) kimsaning orqasidan uni yomonlab gʻiybat qil-moq. Orqasidan kulmok, Oʻzi yoʻgʻida masxara qilmoq, mazax qilmoq. [
- Gulnor:] Oyi, siz se-zasizmi, boynikida orqamdan kulishadi, ga-pirishadi, piching, kesatiq-mesatiq. — Oybek — Tanlangan asarlar. Orqasidan quvmoq Yetishish, erishish payiga tushmoq. Ogʻir-likni orqaga tashlamoq Qiyinchiliklarga parvo qilmay, oʻzini dadil tutmoq, ularni dadillik bilan yengmoq.
- [Gulandom:] Uka-larimni, dadamni sevganimdan har qanday ogʻirlikni orqaga tashladim. — Oybek — Tanlangan asarlar. Front orqasi harb. Mam-lakatning jang harakatlaridan yiroq ich-kari qismi. Yuragi orqasiga tortib ketdi q. yurak.
- Shunday deyishga dedi-yu, otaning qahr-li nigohini koʻrib, yuragi orqasiga tortdi. — "Yoshlik".
Source: Wiktionary
Views: 0