Explanatory dictionary
ortiq
ортиқ
Meanings
- Ortigʻi bilan 1) oshigʻi bilan, oshirib; belgilangan miqdordan ham koʻpaytirib. Reja ortigʻi bilan bajarildi; 2) koʻp de-ganda, juda borsa, nari borsa. Bu maqola, ortigʻi bilan, oʻn bet boʻladi.
- Meʼyoridan yoki keragidan oshiq, had-dan tashqari.
- (ch.k. bilan, faqat qiyoslashda) Ziyod, yaxshi, afzal, aʼlo.
- Oʻlsa oʻligi ortiq Ikki narsani oʻzaro qiyoslashda qoʻllanadigan ibora: hatto oʻligi afzal, ziyod.
- Kuchli, zoʻr.
- Boʻlib oʻtgandan, koʻrilgandan, kechi-rilgandan tashqari, undan oshiq.
- Ortiqcha, behuda, oʻrinsiz.
Examples
- Ortiq darajada qaygʻurmoq. Haddan ortiq kulmoq. shsh Har holda, Tosh-kent aholisi Azizbek istibdodidan ortiq toʻydi, kimdan koʻmak soʻrashni ham bilmay-di! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Uning sendan ortiq joyi yoʻq. Seni jonimdan ortiq sevaman. Aqldan ortiq boylik yoʻq. — Maqol. ■■
- Oʻzingiz ham, kelin oyim tekkanida, Gʻaffordan ortiq emasdingiz-ku! — S. Zunnunova — Koʻkchiroqlar. Tegsa arziydirgan yigit. Bundan ortigʻini toparmidim, dedim, koʻngil qoʻydim. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir. -Zulm, xoʻrlanish, haqorat shunchalik boʻlar, Qoratoy aka! Bundan ortigʻini kallam sigʻdirmaydi, — gʻazab-dan titrab gapirdi Yoʻlchi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Bir hisobda har qadamda ming bitta vaʼda berib, sal narsaga yigʻlab yura-digan yigitlardan Shukrulloning oʻlsa oʻligi ortiq. — "Yoshlik".
- [Xolisxon:] Haqiqat: ishq oʻti ortiq ekan doʻzax oʻtidankim, Kuyib bagʻrim, kulim koʻklarga sovrilganga yigʻlay-man. — Hamza — Paranji sirlari.
- Ortiq chora yoʻq edi. U, istar-istamas, Gulnordan voz kechdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bu toʻgʻrida [Yusufbek hoji haqida] ortiq bahs qilinmadi va soʻz boshqa xususlarga oʻtdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- [Badriy:] Men bunday haqoratga ortiq chidolmayman! — 3. Said — N. Safarov, Tarix tilga kirdi.
- Yomonning bir qiligʻi ortiq. — Maqol. m
- Xudo oʻsha qora kun-ni ham ortiq koʻrib, qahriga oldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Darrov hovlini oʻz bahosi-dan ancha ortiqqa olibdi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
Etymology
I 1 Belgili miqdordan, meʼyordan ziyod; oshiq, koʻp. ◆ Yigʻilishga yuzdan ortiq kishi keldi. yat Adolat kasalxonada bir oydan ortiq yotdi. — S. Zunnunova — Gulxan. ◆ Ellikdan ortiq duradgor faqat belkuragu ketmonga sop yasash bilan ovora. — S. Ahmad — Ufq. Ellikboshi
Source: Wiktionary
Views: 0