Explanatory dictionary
orttirmoq
орттирмоқ
Meanings
- Tejab-tergab, iqtisod qilib koʻpay-tirmoq, oz-ozdan yigʻib toʻplamoq.
- Dunyo orttirmoq Boylik toʻplamoq.
- Topmoq, erishmoq, yetishmoq; ega boʻlmoq; qozonmoq.
Examples
- U [Saodatxon/ ustasi Aleksandr Mixaylovichning koʻrsatmalarini koʻngil-dagidan koʻra ham orttirib bajarar.. edi. — N. Safarov — Uygʻonish.
- Bir qancha tanga orttirib qola bilsa, roʻzgʻorga xarj-laydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Aei] Oʻzi-ning baxtsizligidan, topganini roʻzgordan orttirolmay, shu kungacha uylanolmay keli-shidan hasrat qshzib ketdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Men kimlarningdir molu mulkini talab, dunyo orttirib, dong taratib, qadr-qiymat top-dimmi? — Shukrullo — Saylanma.
- Obroʻ orttirmoq. Hunar ort-tirmoq. shsh Boisjon Ergashev armiya safida xizmat qila boshlagan iilning dastlabki oyidayoq yangi ixtisos orttirib oldi. — N. Safarov — Yangi yer.
- Ming afsuslar boʻlsinkim, kim nomimni eshitsa, laʼnatladi, laʼnat orttirdim! — Shukrullo — Saylanma.
- Bola-chaqa orttirib, deyarli Toshkentda turgʻun boʻlib qolayotganiga qaramay, kindik qoni toʻkil-gan ona tuproq tortgani-tortgan edi. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Goʻyo koʻrinishda ish qilasiz, haqiqatda boshqa-larga ish orttirasiz. — N. Safarov — Xadicha Ahrorova.
Source: Wiktionary
Views: 0