Explanatory dictionary
ovqat
овқат
Meanings
- Rizkdanish, yeyish-ichish uchun tayyor narsa; yemish, taom, yemak.
- Ovqat qilmoq 1) taom tayyorlamoq, pi-shirmoq.
- Ovqatlanish.
- Ovqat ustida Ovqat yeyilayotgan vaqtda, dasturxon ustida.
- Uy hayvonlarining yem-xashagi; oziq; ozuqa.
- Yeyish, ichish, tirikchilik uchun darkor narsalar; oziq.
Examples
- Tamli ovqat. Issiq ovqat. Yengil ovqat. Parhez ovqat. Xushxoʻr ovqat. Kechki ovqat. Tushki ovqat. Bolaga ovqat yedirmoq. yash Mulla Norqoʻzi ovqatini yeb, choyga umidvor boʻlib oʻtirganida, koʻcha eshigidan yoshgina bir xotim kirib keldi. — A. Qahhor — Mayiz yemagan xotin.
- Ahmad brigadir ovqatga non toʻgʻrab, ishtaha bilan ovqatlandi. — S. Nurov — Maysa-larni ayoz urmaydi.
- Tezroq uyga borib, cholning ogʻziga yoqadigan ovqat qilib berishga shoshilardi. S. — Ahmad — Yulduz. 2) taom yemoq, ovqatlanmoq.
- Biz.. ularni yonimizga, birga ovqat qilishga chaqirdik. — A. Rahmat — Soqov bola.
- Sidiqjon ovqatdan keyin qoʻliga gazeta olgan edi, bir maqolani yarim-latmasdan koʻzi suzildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ovqat ustida hech kim or-tiqcha soʻzlamadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Mollarga ovqat solmoq.
- Fuod afandi bizga mehribon-chilik qilib, ovqatimizga qarashib turdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
Source: Wiktionary
Views: 0