Explanatory dictionary
oxirat
охират
Meanings
- Odam oʻlgandan keyin boradigan dunyo, olam; dunyo-ning tugash kuni, qiyomat.
- Oxirat oshi Hayotning soʻnggi damida yeyilgan ovqat. Oxiratda 1) narigi dunyoda; qiyomatda.
Examples
- [Azizboy:] Bu foniy dunyoda och oʻldi nima-yu, toʻq oʻldi nima? Oxirati baxayr, imoni basalomat boʻlsin. — N. Safarov — Sharq tongi.
- -Bu dunyo besh kunlik, yolgʻon dunyo. Oxiratni esdan chsharmang, ha! — dedi domla. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Nahot oxiratga yuz bursa jahon, Nahot karomatlar haq chiqsa, nahot. — A. Oripov — Yillar armoni.
- Yigirma soʻm qarz edi, oxiratda ham javobini beradi. — Oybek — Tanlangan asarlar; 2) sira, hech vaqt.
- U oxiratda ham tuzalmaydi. — Oxiratini kuydirmoq Imon-eʼtiqodidan ayirmoq — ayrilmoq; xonavay-ron qilmoq.
- Maʼlum boʻlishicha, yer yutgur Asqad onasining oxiratini kuydirib, uka-larining rizqini qiyib, yetmish soʻmning hammasini oʻgʻirlab, shaharga ketib qolibdi. — "Yoshlik".
Etymology
a. cj— soʻng, nihoya, tamom boʻlish; narigi, udunyo; oxirgi kun
Source: Wiktionary
Views: 0