Explanatory dictionary
oy
ой
Meanings
- (O - katta) Quyoshdan nur olib, yogʻdu sochuvchi samoviy jism, Yerning tabiiy yoʻldoshi.
- Astronomik yilning oʻn ikkidan biriga - Oyning Quyosh atrofidan bir marta aylanib chiqish muddatiga yaqin vaqt oraligʻi; oʻlchov birligi: 28, 29 30 yoki 31 kunlik davr.
- Uch-toʻrt kunlik oy shaklidagi bezak yoki belgi.
- Ayollar ismi tarkibiga kiradi yoki ayollar nomiga qoʻshilib, erkalash, hurmatni bildiradi. Mas.:
Examples
- Oʻn toʻrt kunlik oy.
- Toʻlin oy.
- Oy nuri.
- Oy chiqdi.
- Oy botdi.
- Oyning yuzidagi dogʻlar.
- Oyning Yer atrofida aylanishi.
- Oyni etak bilan yopib boʻlmaydi. — Maqol
- Kechki gullar ochilib turibdi. Koʻkda tanho oy kezmoqda. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbatOy yuz - chiroyli yuz, goʻzal yuz.
- Oy yuzing qora chimmat zulmidan qutultirgʻil. Chiq qorongʻi turmushdan, nur ichinda javlon qil. — HamzaOy desa - oyga, kun desa kunga oʻxshaydi - juda goʻzal, juda ham chiroyli.
- Oy boshi.
- May oyi.
- Bir yil - oʻn ikki oy.
- Bu orada uch oy oʻtdi.
- Yoz oylari ham oʻtib ketdi.
- Oyning oʻn beshi qorongʻi boʻlsa, oʻn beshi yorugʻ. — Maqol
- Oʻgʻlim bechora oy oʻtmasdan boʻzchining mokisidek qatnab tursa. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarOydan oy, kundan kun oʻtib - ancha vaqt oʻtib.
- Oydan oy, kundan kun oʻtar daryodil, Menga tanho boʻlgan sen yoʻqsan mohim. — Habib Abdunazar — Anjir guliOy-kun(lar) oʻtib - vaqti, umri, hayoti kechib.
- Shu yoʻsin oromsizlik va besaranjomlik ichida [Otabekning] oy-kunlari oʻtib turar edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlar
- Mezana ustidagi oy.
- Oyposhsha,
- Oyqiz,
- Oytoʻti,
- Oynisa;
- Tursunoy,
- Shirmonoy,
- Qunduzoy.Oy borib, omon kel - safarga ketayotgan kimsaga yaxshilik tilab aytiladigan ibora, oq yoʻl tilash.
- U [Elmurod] yoʻlda ketar ekan.. "Oy borib, omon keling!" deb, oq yoʻl tilab qolgan Gulsumni xishtgacha oʻylab yotdi. — Parda Tursun — OʻqituvchiOy koʻrmoq - hayz koʻrmoq.Oyi toʻldi - tugʻish vaqti yetdi.
- Kumushning oyi toʻlmasdanoq, u [onasi] beshik yasatish bilan mashgʻul edi. — Abdulla Qodiriy — Oʻtgan kunlarOy-kuni yaqin - tugʻish arafasida, oldida.
Source: Wiktionary
Views: 0