Explanatory dictionary
oziq
озиқ
Meanings
- Ovqat boʻladigan mahsulot, ov-qatli don-dun; yemish.
- Hayvonlar ovqati, yem-xashak.
- Oʻsimliklar oʻsish jarayonida yerdan oladigan moddalar.
- Jon ozigʻi yoki jonga oziq Rohat. Yaxshi soʻz — jon ozigʻi, yomon soʻz — bosh qozigʻi. Maqol. m
Examples
- Oziq mahsuloti. Bir kunlik yoʻlga chiqsang, bir haftalik oziq ol! — Maqol. Yozning yozigʻi — qishning ozigʻi. Maqol.
- yat Yigitshrdan biri dasturxon yozib, yoʻlga olgan oziqlarini oʻrtaga qoʻydi. — A. Qahhor — Maston.
- Nima, oziq bittami, qozon osma-dingiz! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Hayvon-lar uchun qishga oziq tayyorlamoq. Qurtlarga oziq bermoq.
- Oʻsimliklarga qoʻshimcha oziq berish. Ildiz oziq bersa, novda koʻkarar. — Maqol.
- Mayin esgan nasimi, obu havosi, Boʻlur jonga oziq zavqu safosi. — Habibiy. Maʼnaviy (yoki ruhiy) oziq Kishiga maʼ-naviy zavq bagʻishlaydigan, uning maʼnaviy jihatdan oʻsishiga, takomillashuviga xizmat qiladigan vosita.
- Goʻzal adabiyot — ruhiy oziq. — A. Qahhor — Sarob. Oziq tish Kishi va hayvonlarning ovqat chaynash, ezish uchun xizmat qiladigan tishi; jagʻ tishlari.
Source: Wiktionary
Views: 0