Explanatory dictionary
palla
палла
Meanings
- Tarozining narsa yoki tosh qoʻyiladigan har bir taqsimchasi.
- Yumaloq narsaning teng ikkiga boʻ-lingan qismlaridan biri, yarmi.
- bot. Urugʻning mustaqil murtakli har bir boʻlagi.
- Pallasi bosmoq Ustun boʻlmoq, zoʻr chiq-moq.
Examples
- Tarozi pallasiga tosh qoʻymoq. Tarozi pallalarini muvozanatga keltirmoq. Tarozi paiasiga qarab ish tu-tadigan odam, m
- Peshtaxta oldiga borib, savatdagi uzumdan bir bosh tanladi-da, tarozi pallasiga qoʻydi. — K. Yashin — Hamza.
- Dunyo tarozisining ikki pallasi: birida quvonch, birida gʻam; birida nur, birida zul-mat boʻlsa, Nazokat endi faqat bittasi-ni — quvonch bilan nurga toʻlasini koʻrardi. — Shuhrat — Umr pogʻonasi.
- Yormat.. tarvuzni kesdi. Bir pallasini Yoʻlchi va Oʻroz oldiga qoʻydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Koʻzim ichga botib ketgan, xuddi quruq ikki yongʻoq pallasi. — T. Fattoh.
- Tarvuzning bir pallasida suzar yuzlab chumoli. — "Yoshlik".
- Eshonning pand-nasihatlari zoʻr keldi. Eshonning pallasi bosdi. — S. Ahmad — Saylanma.
Etymology
I [</>. <cL — pogʻona, bosqich; da-raja, martaba
Source: Wiktionary
Views: 0