Explanatory dictionary
parda
парда
Meanings
- I [f. — darparda, eshik yoki deraza pardasi; yopinchiq; tovush, okang, nota]
- Xonani quyosh nuri, shamol va xokazolardan toʻsish yoki bezak uchun deraza, eshik va shu kabilarga tutiladigan gazlama, mato.
- Borliqni koʻzdan berkitib, toʻ-sib turgan narsa, maye. qorongʻilik, tuman, bulut, koʻz yoshi.
- Ekran, kino ekrani.
- anat. Organizmda ayrim aʼzolarni qoplab, oʻrab yoki bir-biridan ajratib turadigan yupqa toʻqima.
- Sakna asarining yoxud filmning mus-taqil voqelikdan iborat tugal bir qismi.
- Teatrda tomosha boshlangunga qadar saknaga ilingan mato.
- Biror holatni yashirish vosi-tasi, toʻsib turuvchi niqob.
- ayn. tovush paychalari. q. paycha.
- Parda (erkaklar ismi).
Examples
- Eshik pardasi. Duxoba parda. Chiy parda. Chimshgdiq pardasi. Parda tutmoq. Pardani ochmoq. n
- Anvarmurod keng derazalarning shohi pardalarini koʻtardi. — Oybek — Nur qidirib.
- Xodimlarga xonalarni beruxsat tark etish, eshik va derazalarni ochish man etildi. Derazalarga qalin parda va qora qogʻozlar tutildi. — "Yoshlik".
- Chimildiq pardasi tushirilib, ikkovi yolgʻiz qolgach. qiz uning pinjiga suriladi. — S. Nurov — Maysa-larni ayoz urmaydi.
- Chimyon togʻining choʻqqilari parda orasida turgandek, xiragina tuman ichra koʻzga tashlanadi. — Mirmuksin — Umid.
- Ana, koʻkka tutashgan choʻqqilarni palaxsa-palaxsa bulutlar qoplab, butun olam kul-rang pardaga oʻralganday boʻldi. — H. Nazir — Soʻnmas chaqmoqlar. -Uyatsiz! — U
- koʻz oʻngini toʻsgan yosh pardasidan hech nimani koʻrolmay, tusmollab, stol yoniga bordi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Oʻpka pardasi. Oʻrdak-ning panjasidagi suzish pardasi. Yurak pardalari. Quloq pardasi. n
- Yoshgina yigit barvaqt olamdan oʻtdi. Ichkilik tufayli uning oʻpka pardalarini zardob oʻrab, sil xastaligiga duchor etdi. — Gazetadan.
- Pyesaning uchinchi parda oltinchi koʻrinishi. "Shohi soʻzana" pyesasi toʻrt pardadan iborat. yaya Dramaning birinchi pardasi boshlandi. — S. Akmad — Saylanma.
- Usahna chekkasiga su-rib qoʻyilgan parda oldiga borganda, konsert qizib ketgan edi. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloq sol.
- Parda ochilgandan to tomosha tugaguncha zal kulgidan larzaga tushdi. S. — Ahmad — Yulduz.
- Din ilm-fan yuziga parda tortmaydi. — "Qanotli soʻzlar". Nusratbekning yuzlaridagi shuncha yillar ni-qob boʻlib kelgan ziyolinamo yumshoqlik par-dasi yirtilib, jagʻ paylari, yonoqlari qiza-rib boʻrtdi. S. Nurov, Maysalarni ayoz ur-maydi.
- ..bazan kimgadir yaxshi koʻrinish ilin-jida vijdonning koʻzini nafs pardasi bilan pana qiladi. — "Yoshlik".
- Yana bir narsani aytib qoʻyay: er-xotin oʻrtasida parda boʻlishi shart. — "Yoshlik".
- Men seni kuylamoq istayman. Ammo shunday kuyla-samki, yirtilib ketsa ovoz pardalarim. — A. Oripov — Yillar armoni.
Source: Wiktionary
Views: 0