Explanatory dictionary
paxta
пахта
Meanings
- Gʻoʻza oʻsimligining chigit va tolalardan iborat oppoq yumshoq hosili.
- Ipak paxta Tolasi ingichka, uzun va pishiq paxta.
- Chigitdan ajratilgan shu mahsulot; mo-miq.
- s.t. ayn. gʻoʻza.
- sft. Guli, tasviri (ochilgan) paxtaga oʻxshash.
- Koʻzining paxtasi chiqmoq Gʻazab yoki hayajondan koʻzlari katta-katta ochilmoq, koʻzi ola-kula boʻlmoq.
Examples
- Uzun tolali paxta. Chigitli paxta. Chigit-siz paxta. Paxta terish. Eski paxta boʻz boʻlmas, asli dushman doʻst boʻlmas. — Maqol. ■■ U
- kechqurun tergan paxtasini tabelchiga oʻt-kazib, yuvinib-taranib.. qishloqqa joʻnadi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Tilda doston Fargʻona — Ipak paxta diyori. — Yo. Mirzo. Paxta tozalash 1) paxtani xas-xashak, chang-toʻzondan tozalash; 2) paxtani chigitdan ayirish.
- Ushaharga kir-gandan keyin paxta tozalash zavodi yonidagi bekatda tushdi. — T. Ashurov — Oq ot. 1
- Paxtadan ip yigirmoq. n
- Vaziraning egnida shaftoli guliga monand, koʻksi ochiq, yelkasiga paxta qoʻyib tikilgan shoyi koʻylak. — S. Ahmad — Ufq.
- Respublika paxta tolasi ishlab chiqarish boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda.. turadi. — Gazetadan.
- Uzoq-uzoqda hali kun koʻtarilmaganiga qaramay.. qoʻllariga ket-mon ushlagan yigitlar paxta sugʻorib yurib-dilar. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Qurbonov choʻntagidan yon daftarcha chiqardi: -Bu kishiga oʻttizta choynak, yuzta paxta gulli piyola.. taqsimchasi bilan. — N. Aminov — Qahqaha.
- Paxta gulli choynakni oldiga tortdi. — T. Ashurov — Oq ot.
- Ortiq talvasada, qoʻllari bilan boshini toʻsib, koʻzining paxtasi chiqib, tisarildi. — M. Mansurov — Yombi. Paxta olma Uzoq saqlanmaydigan ertapishar mahalliy olma navi.
- Paxta olma pishdi, shotut qizardi. Uchinchi chopiqni boshladik kecha. — Gʻ. Gʻulom.
Source: Wiktionary
Views: 0