Explanatory dictionary
pesh
пеш
Meanings
- I [f. — oldi, old tomon
- oldinda, yaqinida; avvali] 1 Baʼzi narsa-larning oldinga qaragan tomoni, labi, cheti, qirgʻogʻi.
- Kiyimning old etagi, bari.
- Pesh keltirmoq Dalil qilib koʻrsatmoq, isbot sifatida foydalanmoq.
Examples
- Ayvonning peshi. shsh -Ayajon, ayyomingiz muborak! — deb sovgʻa-salomni ayvonning peshiga qoʻydi-da, onasiga kifti-ni tutdi. — K. Yashin — Hamza.
- Uqopidan ket-monini olib, peshini egovlay boshladi. — "Sharq yulduzi".
- Kam-zulingning peshini bossam, gard boʻlar, Oshiqlik deganing qiyin dard boʻlar. — "Qushiqlar".
- Argʻunshoh tiz choʻkib, podshohning etaklarini yuziga surtmoqchi boʻlgandi, Shohrux uning qoʻlidan peshini tortib oldi. — B. Ahmedov — Ulugʻbek.
- Yenglari shimarilgan Komiljon, etagining peshini qayirib olgan Davronov eng oldinda borardi. — I. Rahim — Ixlos.
- -Agronom il-mi ham, yer haydasang — kuz hayda, kuz hay-damasang — yuz hayda, deydi, — dedi xalq maqolini pesh keltirib Sotiboldi ota. — N. Safarov — Xadicha Ahrorova. Pesh qilmoq Maqtanib gapirmoq, dastak qilmoq, roʻkach qilmoq.
- Oʻz xizmatlarini pesh qshmoq. yash Xalqqa tuhmat qilmang. Siz mehnatkash xalqqa nima karomat koʻrsata qoldingizki, unga doʻstligingizni pesh qilasiz? — K. Yashin — Hamza.
- Kimdir pesh qilganda nayzaning kuchin, Alisher qalamni koʻrsatgan, xolos. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
Source: Wiktionary
Views: 0