ball.uz
Back to dictionary

Explanatory dictionary

pilik

пилик

Meanings

  1. Bir uchi yoritqich asbob ichi-dagi kerosinni yoki moyni shimib, ikkinchi — yonuvchi uchiga oʻtkazib beradigan lenta-simon mato yoki eshilgan paxta. Qorachiroq piligi. Shamning piligi. Lampa piligi. m Moyi tugab, piligi soʻxta boʻlgan chiroq bir lip etib soʻndi. S. Ahmad, Hukm. Yoshiga nisbatan ancha tetik, barvasta chol ostona hatladi. Gulroʻyning yuragi bezovta tepgancha, yana bir bor eshitilar-eshitilmas, oʻtiring, deb qoʻydi-da, chiroq piligini bir oz koʻtarib, koʻrpacha tashladi. "Yoshlik".
  2. Piligini koʻtarmoq Biror nar-saning, ish-harakatning darajasini, sa-viyasini, mikdorini koʻtarmoq, oshirmoq. [Rasuljon:] Yoʻq, doʻstim, hozirgi zamonda matematikadan oqsash yaramaydi. Matema-tikadan bahoning piligini koʻtarish kerak. J. Abdullaxonov, Xonadon. -Sizham bizning diniy urf-odatlarimizga daxl qilmang, oqibati yaxshi boʻlmaydi, — dedi muloyimlik bilan. Keyin piligini sal baland koʻtarib, ilova qildi. — Siz yoshlikda qanday boʻl-sangiz, haliyam oʻsha-oʻsha choʻrtkesar, oʻjar, qiziqqonsiz. K. Yashin, Hamza.
  3. toʻqm. Paxta, jun, ipak va zigʻir tola-larini boʻshgina himarib, choʻzib, toʻgʻrilab hosil qilinadigan mahsulot.
  4. Soch oʻrimi yechilib ketmasligi uchun uning uchiga qoʻshib oʻrilgan paxta.
  5. Arvohlarga, insu jinslarga atab yoqish uchun bir uchiga paxta oʻrab, yoqqa botirilgan choʻp.
  6. Qosh, kiprikni boʻyash uchun ishlati-ladigan, uchiga paxta oʻralgan choʻp.

Examples

Source: Wiktionary

Views: 0

View spelling in spelling dictionary