Explanatory dictionary
pishimoq
пишимоқ
Meanings
- Koʻpni koʻrib, boshdan kechirib, boy tajriba orttirib voyaga yetmoq, yetuk-lik darajasiga erishmoq, yetishmoq.
- Chiniqmoq, toblanmoq.
- Koʻzi pish(i)moq ayn. koʻzi pishmoq q. koʻz. Qulogʻi pishimoq 1) eshitaverib koʻnikib qolmoq.
Examples
- Shax-dam qadam bosib minbarga chiqishidan, gap ohangidan bunaqa dayeraga koʻp tushib, xiyla pishigan, sertajriba koʻrinadi. — H. Nazir — Mayoqsari.
- Kishi mehnat-da pishiydi. Yoshsan pishirsan, bu damingdan tushirsan. — Maqol. n
- Ergash Bahromov nemis-fashist bosqinchilariga qarshi olib boril-gan janglarda pishidi, chiniqdi, toblandi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Xoʻjayinlarining taʼnalarini eshitaverib, yetimning qulogʻi pishigan, eti koʻnikkan edi. — P. Tursun — Oʻqituvchi; 2) koʻp eshitib uqib olmoq, qulogʻiga quyib olmoq.
- Fotimaning qulogʻi oʻzi koʻrmagan xaridor-lari toʻgʻrisidagi gaplar bilan pishiy bor-di. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Qalay? Yerlar koʻngildagidek pishi-dimi? — Oydin — Yuragida oʻti bor. Endi toʻx-ta, ukajon. Boʻldi-ye, kuvidagi qatiqday pi-shiyverib, yogʻimni chiqarib yubording. S. Siyo-yev, Otliq ayol.
Source: Wiktionary
Views: 0