Explanatory dictionary
pishmoq
пишмоқ
Meanings
- Oʻsib, rivojlanib, tar-kibi yaxshilanib, isteʼmol qilish yoki ish-latish uchun yaroqli holga kelmoq, yetilmoq (meva, sabzavot, don, suv kabilar).
- Rivojlanib yetilmoq.
- Qaynatish, qovurish, dimlash va sh.k. natijasida isteʼmol uchun tayyor boʻlmoq.
- Oʻtda ishlov yeb, zarur texnologik xusu-siyat kasb etmoq.
- Toblanmoq, qoraymoq; chiniqmoq.
- Toʻlishib, yorilish darajasiga kel-moq (yara-chaqa haqida).
- Umri oxiriga yetib, qartayib, oʻlimi yaqinlashmoq.
- koʻchma s. t. Hal boʻlmoq, tayyor boʻlmoq.
- Mukammal holga kelmoq.
- Oy-kuni yaqinlashmoq.
- Ichi pishmoq q. ich.
- -Oʻzbek tilining izoshli lugʻati
- pishmoq II 1 Suvga, suyuqlikka boti-rib hoʻl qilmoq.
Examples
- Qulup-nay pishdi. Pomidor pishgani yoʻq. m
- Mol oʻtmaydigan balandlikdagi devorlari ham nuragan, bogʻ ichidagi olma va togʻolchalar esa pishib yotibdi. — Sh. Xolmirzayev — Yoʻllar, yoʻl-doshlar.
- Mana bu uzumni oling, juda yaxshi pishibdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qora gidoslar gʻarq pishib, shoxlari tomga tushib turaredi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Oqar suvlarning barchasi pishgan, yer ostidagi kam harakatdagi suvlar xomdir. — Gazetadan.
- Pishmagan nov-da. Pishgan urugʻ. hi
- Egatlardagi tutlar-ning novdalari pishibdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Palov pishdi. Tuxum pishdi. Non qizarib pishdi. Bermasning oshi pishmas, pishsa ham, qozondan tushmas. — Maqol.
- Pishgan oshningumri qisqa. — Maqol. n
- Kechki norin uchun katta qozonda yogʻli qazi pishadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qurbonning bir tomonida pishib qotib ketgan kaboblar ustma-ust taxlab qoʻyilgan. — E. Usmonov — Yolqin.
- Feruz birla bir xonada oʻtirib gurung etmakka, bir qozonda pishgan taomni yemakka op qilganimi bu?S. — Siyoyev — Yorugʻlik.
- Gʻisht yaxshi pishibdi.
- Of-tobda rosa pishdik. m
- -Oho, agronomcha, — dedi Hamdam qoshini chimirib, — dalada rosa pishibsan-ku. H. Ahmar, Kim haq?
- Yoshlar ishlasin, pishsin, endi bizlar charchab qoldik, desak ham, qari bilganni pari bilmas, deb yuz baloga roʻpara qilishaveradi. — S. Nurov — Narvoy.
- Shukurovning oftobda pishgan qora-cha yuzi, sal qisilgan qoʻy koʻzlariga chuqur oʻychanlik choʻkkan edi. — O. Yoqubov — Diyonat.
- Malham qoʻyilsa, chip-qon tez pishadi.
- -Oʻzi pishib qolganday-ku, Nazar aka, — dedim. -Qoʻying, uch-toʻrt kunligi bormi-yoʻqmi.. — M. M. Doʻst, Lolazor.
- Eshon ayaning birdan-bir niyati — qoʻlda qolgan qoʻr-qutlarni saqlab qolish, pishib, hilvirab turgan eshonni oʻz maskaniga qoʻyib, boyliklarga ega boʻlish. S. — Ahmad — Hukm.
- Ish pishdi — Teshaboyning oʻrniga sizni brigadir qilmoqchi boʻldik. — Uygʻun — Doʻstlar.
- [Egam xotiniga:] Gapni boʻlma! Hoy, nari bor! Ish pishdi. — Shukrullo — Saylanma.
- Munavvar, Nazokat fojiasini oʻz fojiasiday yuragiga yaqin oldi. Shungami, postanovka tez pisha qoldi. — S. Anorboyev — Mehr.
- Fikr-lar pishib, yetilib, yurakdan toʻlib chiq-masidan asar yozishga, ayniqsa, uni nashr etishga shoshilish kerak emas. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi.
- Buhol Oybekning dast-lab oʻz xayolida pishib yetilgan epizodlar-nigina yoza boshlaganini koʻrsatadi. — "OʻTA".
- Shuni yaxshi bilingki, ishingiz endi koʻp boʻladi. Pishib turgan xotin koʻp. Uyma-uy yurib, konsultatsiya berasiz. — S. Ahmad — Choʻl sha-mollari.
- Qoʻziboyning ichi pishib ketayotgan edi. U choʻqqiga chiqib, "Toshbu-loq"ni topishga ham, boshqa vaqtdagiday, birinchi boʻlish payida edi. — H. Nazir — Soʻn-mas chaqmoqlar. Ichidan pishgan q. ich.
- Aslida Toʻpori judayam unchalik toʻpori emas, ichidan pishgan, oʻlguday quv, quvligi shunchalikki, biror oʻn besh yildan beri Oshnoga dovdirroq boʻlibkoʻrinmoqninguddasidan chiqyapti. — M. M. Doʻst, Lolazor. Kalla pishmoq Uyquga toʻymoq.
- -Kalla pishdimi, polvon? — dedi Toʻlanboy sabzi taxtadan bosh koʻtarmay. — S. Ahmad — Ufq. Koʻzi pishmoq q. koʻz.
- Mahkam ustanikida mustaqil ishlamagan boʻlsa hamki, koʻzi pishgan, qoʻli koʻp narsaga oʻrganib qolgan edi. — R. Fayziy — Hazrati inson.
- Jang koʻrib, qon toʻkib.. koʻzi pishib ketgan Anvar., bunday paytda aytiladigan bir ogʻiz soʻz, hatto bir imo taqdirni hal qilib yuborishini ham bilardi. — Sh. Xolmirzayev — Qil koʻprik.
- Doʻppisini suvga pishdi. yash Oyim aralashsa ham, Solih qoʻyvormay, meni hovuzchaga pishmoqchi boʻlyapti. — H. Nazir — Yonar daryo.
- Uning ochiq yoqali uzun koʻylagi, ustidagi olacha yaktagi suvga pishganday jiqqa hoʻl boʻlgan.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Source: Wiktionary
Views: 0