Explanatory dictionary
programma
программа
Meanings
- q. dastur 1. Qishyaoq mehnatkashlari mamlakat oziq-ovqat pro-grammasiga ulkan hissa qoʻshmoqdalar. Gazetadan.
- Hukumat, siyosiy partiya, jamoat tash-kiloti yoki ayrim davlat, jamoat arbobi tomonidan moʻljallangan asosiy vazifa va maqsadlar bayon qilingan hujjat.
- Majlis, yigʻilish, konferensiya ka-bilarning kun tartibi; ularda koʻriladi-gan masalalar roʻyxati.
- Teatr, konsert, sirk tomoshalari boʻ-limlarining, radioeshittirish va tele-koʻrsatuvlarning mundarijasi, roʻyxati, shuningdek, ijro etiladigan rollar, no-merlar, chiqishlar va ijrochilarni oʻzida aks ettirgan bosma varaqa yoki kitobcha.
- Muayyan oʻquv fani boʻyicha olib boriladigan taʼlim (oʻqish-oʻqitish ish-lari) ning qisqacha izchil bayoni; oʻquvchi oʻzlashtirishi shart boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar majmui. Oliy oʻquv yurtlarida ilmiy-tadqiqot ishlari bilan oʻquv pro-grammasini jipslashtirish maqsadga mu-vofiq. "Fan va turmush".
- Biror oʻquv fani yoki kursning bel-gilangan hajmi bayon qilingan varaqa yoki kitobcha.
- Hisoblash texnikasida: masalani yechish algoritmining profammalash tilidagi tav-sifi, bayoni.
Examples
- Hamkor-lik programmasi imzolandi. — Gazetadan.
- Bu payt Yefim Danilovich bilan Abdusamat konsert programmasi haqida gaplashishardi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Darslik, programma tuzuvchi olim va pedagoglarimiz hozirgi maktab oʻquvchilarining bir yoʻla uch tshda oʻqishlarini hisobga olsalar, yomon boʻlmasdi. — "Yoshlik".
- Un uch yoshida maktab programmasini bitirib, yosh boʻlsa ham, Anvar xalfalik, yaʼni domlaga koʻmakchilik qila boshladi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Matematikadan programma.
Etymology
yun. programma — eʼlon; koʻrsatma, yoʻl-yoʻriq
Source: Wiktionary
Views: 0