Explanatory dictionary
pud
пуд
Meanings
- Metrik oʻlchovlar tizimi qabul qilinganiga qadar qoʻllangan, 16,38 kilogrammga teng ogʻirlik oʻlchov birligi.
Examples
- Bir tonna — salkam 63 pud.
- [Kampir:] Dastmoyam bir pud un edi, tunov kun birdan yigirma besh qadoqqa tushib qoldi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Birinchi yil gektaridan yuz pud oldik, Eru xotin mehnat haqin qopga soldik. — Gʻ. Gʻulom — Tanlangan asarlar.
- ..bir yarim pud goʻshtning aʼzolar rizoliklari bilan bir pudini Mulla Obidga va yarim pudini Mardonboyga orttirib beradilar. — A. Qodiriy — Kichik asarlar.
Etymology
r. pud — 16,38 kg ga teng ogʻirlik oʻlchov birligi < lot. pondus — ogʻirlik, oʻlchov
Source: Wiktionary
Views: 0