Explanatory dictionary
qabul
қабул
Meanings
- [a. — maʼqullash; ijozat
- berish; bitishuv, rozilik] 1 Taklif, il-timos va shu kabilarga bildirilgan rozilik, maʼqullash.
- Beriladigan, takdim etiladigan, topshiriladigan narsani olish; qabul qi-lish.
- Ishga, oʻqishga, aʼzolikka, safga, qa-torga va shu kabilarga olish, oʻtkazish, qoʻshish.
- zURiga chaqirish yoki qoʻyish.
- Efir toʻlqinlarini oʻziga olish, ush-lash, tutish.
- Dargohida qabul qilmoq esk. kt. 1) hu-zuriga kiritmoq, qoʻymoq; 2) ijobat qilmoq.
Examples
- Qabul javobi. shsh Kumush qabul ifodasini bergandan soʻng, qushbegi dahliz-da qarab turgan qoʻrboshiga: -Kirsinlar, — dedi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Zavq-safo-ni tezroq totishga intilgan Mirzaka-rimboy eʼtiroz qilsa ham, nihoyat, qabulga [nikohni kechiktirishga] majbur boʻldi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Xirmonlar donga toʻlib, gʻalla ortgan avtomashinalar karvoni qabul punkpiari tomon shoshilmoqda. — Gazetadan.
- Boysunqur mirzo madrasa qurilishini nihoyasiga yet-kazish va tantanali qabul marosimlari-ni oʻtkazishlariga rahbarlik qilishni ustod Qavomdan iltimos qildi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Institutga qabul boshlandi. Kursga qabul toʻxtatildi. Qabul imtihonlari muvaf-faqiyatli oʻtdi. Qabul komissiyasi ishga tushdi. n
- -Bu yilgi qabulga mening ham bir oz aloqam bor, — dedi u.. — harakat qi-lib koʻrishim mumkin. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Qabul marosimi. Qabul soatlari. Boshliq qabulida boʻlmoq. n
- Fattoh Ul-masbekov bugungi qabulni bir amallab tu-gatdi-yu, ammo oʻzi ham bukchayib qolganday boʻldi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Kunning ikkinchi yarmida Oyqizning qabul vaqti edi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli. Vrach qabu-liga birinchi boʻlib yozilay, deb xoʻroz qich-qirmasdan kelgandim. "Mushtum".
- Qabul qiluvchi apparat. Radiostansiya maʼlumotlarni berib boʻlgach, qabulga oʻtdi.
- Bemor.. koʻzini ochib, qizchasini yoni-ga tortdi va pichirladi: -Xudo qizimning saharlari qilgan duosini dargohida qabul qildi. — A. Qahhor — Bemor. Qabul qilmoq (yoki etmoq) 1) rozi boʻlmoq, koʻnmoq; maʼqul deb topmoq, qoʻshilmoq.
- Taklifni qabul qilmoq. Shartini qabul qilmoq. Uzrni qabul qil-moq. m
- ..bizlarning bu raʼyimizga qarshi tushib, harchand pad qilsa ham, nihoyatida onasining soʻzini yerda qoldirmaslik uchun qabul qilgan erdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar; 2) olmoq (taqdim etilgan, topshi-rilgan narsani).
- Qiz guldastani qabul qi-larkan, mastona koʻzlarini yigitga tikdi. — Gazetadan.
- Paxtani oʻz vaqtida qabul qilish, tozalash, avaylab-asrash.. nihoyatda zoʻr masʼuliyatni talab qiladi. — Gazetadan; 3) oʻz qatoriga — safiga olmoq.
- Partiyaga qabul qilmoq. n
- Azizim.. Siz sanʼatkorlar oi-lasiga qabul qilindingiz. — "Mushtum"; 4) huzurida boʻlishga ruxsat bermoq — kiritmoq.
- ..bu ogʻirlik burundan sarmunshiy boʻlgan ki-shining ustidagi qonuniy vazifa boʻlib kel-ganlikdan kishilarni uyda qabul qilishga Anvar majbur edi. — A. Qodiriy — Meqrobdan chayon; 5) muhokama etilgan masala yuzasi-dan yakuniy, xulosaviy toʻxtamni belgila-moq, shunday toʻxtamga kelmoq.
- Qaror qabul qilmoq. Rezolyutsiya qabul qilmoq. Tabrikno-ma qabul qilmoq. v
- Bu masala yuzasidan qaror qabul qilingandan keyin, ikkinchi masalaga oʻtildi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chi-rokdari; 6) efir toʻlqinlarini tutmoq.
- Kosmik kema lokatori harakatga kelib, tezgina toʻgʻrilanib oldi-da, radiodan beri-layotgan signallarni qabul qila boshladi. — Gazetadan; 7) biror ran yoki narsani oʻzi birikib kelgan soʻz yoki jumla bildirgan maʼnoda inobatga olmoq — tan olmoq maʼ-nosini bildiradi.
- Hazratim, bergan oʻgi-tingizni bebaho gavhar oʻrnida qabul qi-lurmiz.. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Mulla Fazliddin Xonzoda begimning maqtovini ishga oid oddiy gaplardek qabul qilmasa, koʻnglidagi nozik hislarni sezdirib qoʻysa, oʻn jonidan biri ham omon qolmasligini sezdi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar; 8) biror maz-hab yoki dinga kirmoq, oʻtmoq.
- Islom dinini qabul qilgan xalqlar.
Source: Wiktionary
Views: 0