Explanatory dictionary
qabziyat
қабзият
Meanings
- [ arab. — qisilish; toʻxtab qolish; ich qotish]
- Ich qotishi, uzoq vaqt ich kelmasligi yoki qiyinchilik bilan kelishi.
- Diqqat oshgan, yurak siqilgan holat; dilgirlik.
Examples
- Echki goʻshti ham parhez, uni qabziyat boʻlganda yeyilsa, ichni suradi. — K. Mahmudov — Oʻzbek tansiq taomlari.
- Qabziyat vaqtida isteʼmol qilingan ovqat moddalari ichaklarda uzok, — bir necha kun turib qoladi. — N.Ismoilov — Kasallarni parvarish qilish.
- Toshkent Oʻrta Osiyoning eng jonli bir shahri.. tomosha qilib, vaqting-ni chogʻ qilish mumkin, birok, menda nimadandir diqqatlik, qabziyat hamma yogʻimni oʻrab olgan. — "Mushtum".
- Men alamzada shoʻrlikni ogʻir qabziyatda koʻrgan kampir.. "turq-tarovatingizni koʻrib, har kuni chorak etdan tushyapman", deb meni bisyor tanglikka soldi. — Gʻayratiy — Dovdirash.
Source: Wiktionary
Views: 0