Explanatory dictionary
qalpoq
қалпоқ
Meanings
- Yupqa namatdan qilingan bosh kiyimi.
- Har qanday toʻqima yoki matodan ti-kilgan bosh kiyim.
- Kaska.
- Doʻppi, kallapoʻsh.
- Narsalar ustini qoplab, berkitib turadigan soyabon yoki qopqoq. Shipga osigʻ-liq qirqinchi chiroqning qalpogʻi uy devor-larining tepa yogʻiga choʻziq soya solgan. H. Gʻulom, Mashʼal.
- Biror narsaning qalpoqli qismi, kallagi; kallak. Mix qalpogʻi. Zamburugʻ qal-pogʻi.
- Qalpoq qilib kiymoq Biror narsani qoyil qilib bajaruvchi, biror ish-fao-liyatning juda ustasi boʻlgan shaxsga nisbatan qoʻllanadi.
Examples
- Baxmal jiyakli oq qalpoq. yat U., egniga brezent chakmon, boshiga oq na-mat qalpoq kiygan. — H. Nazir — Soʻnmas chaq-moqlar.
- Bolalar qalpogʻi. Po-xol qalpoq. yat Oshpaz oq qalpogʻini pesho-nasidan yuqori koʻtardi. — Shuqrat — Shinel-li yillar.
- Tamanno ertasiga magazindan shalvar, oftobdan yaxshi saqlaydigan oq qalpoq.. sotib oldi. — Mirmuhsin — Qumri va Tamanno. Darvoza oldida.. boshiga uchli qal-poq kiygan davangirday qalandar turardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Mis qalpoq. Poʻlat qalpoq. yaya Asqar polvon hansirab va boshidan kas-kasini olib, yerga toʻntardi: manglayni ezib yubordi bu choʻyan qalpoq! — Oybek — Quyosh qo-raymas. •
- -Ishni qalpoq qilib ki-yib qoʻyamiz, — deya javob qaytardik. — X. Toʻx-taboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Oʻr-toq Soliboyev koʻzboʻyamachilikni qalpoq qilib kiyib yurgan kunlardan birida.. miting bu-lib qoldi. — "Mushtum".
Source: Wiktionary
Views: 0