Explanatory dictionary
qamamoq
қамамоқ
Meanings
- Ozodlikdan mahrum qi-lib, qamoqxonaga yoki boshqa biror qamoq joyga tashlamoq, qamoqqa olmoq.
- Biror chiqolmaydigan joy, xona yoki holatga olmoq.
- Atrofi oʻralgan (odatda, doim saq-lanadigan, maxsus) joyga haydab kiritmoq, haydab kiritib, bekitib qoʻymoq; tutqun-likka solmoq.
- Berk joyga tiqib qoʻymoq, berk joyga tiqishtirib saqlamoq.
- Dam bermoq, damlamoq.
Examples
- Turmaga qamamoq. Avaxtaga qamamoq. Besh yilga (besh yil muddat bilan) qamamoq. n
- Agar hokim hech kimni, ayniqsa, Qudrat akani qamama-gan boʻlsa, aholini qoʻrqitmaslik, ishdan sovitmaslikuchun qamamagan. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Nima qilsin, militsiyaga borib, yo meni qamanglar, yo oqlanglar, desinmi? — S. Ahmad — Hukm.
- Gʻulom qori Azimboyvachchaning bolalarini hujrasiga qamab olib, xafa qilayotgan ekan.. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- Avazni kichkina hujraga olib kirib qamab qoʻydi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Qoʻylarni qoʻraga qamamoq. Tovuqlarni tovuqxonaga qamamoq. yat Yoyishga joyi boʻlmagan xoʻjaliklargina mollarini ogʻilxonalarga qamab boqadi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Soraxon pashshani kaftiga qamab, mushtini Saidiyning qulogʻiga tutdi. — A. Qahhor — Sarob.
- Narsalarni omborga qamamoq.
- Kameraga havo qamamoq.
Source: Wiktionary
Views: 0