Explanatory dictionary
qatim
қатим
Meanings
- Ish tikishda: tikish asbobi — igna, soʻzan va shu kabilarga bir marta oʻtkazi-ladigan yoki oʻtkazilgan oʻlchamdagi (ip, ipak va shu kabilar haqida).
- Tikishda: igna yoki soʻzandagi ip yoki ipakni xar bir oʻtkazish.
- Qatim tortmoq Qatimlamoq (q. qatim 2).
- Onaxon boʻlsa jinchiroqda tuni bilan oʻti-rib doʻppi tikar, endi olti yoshga kirgan Bashoratni zoʻr berib qatim tortishga oʻr-gatar edi. A. Muxtor, Opa-singillar.
- Tikish asbobiga oʻtkaziladigan ip, ipak.
Examples
- Qudajon, bemalol boʻlsa, oʻila havorang ipakdan bir qatim bering. — A. Qahhor — Yangi yer.
- ..choʻntagiga solib olgan ipaklarni chiqarib, kalta-kulta qatim-lardan boshqasini qaytarib oldi. — Oydin — Hikoyalar.
- Ip qatimini uzib, ignani koʻkrak choʻntagi qopqogʻiga toʻgʻnadi. — S. Ahmad — Say-lanma.
- Mahsining choki pishiq boʻlsin uchun, mumli yopishqoq ipni har bir qatimda barmoqlari bilan "qir-qir" tortib qoʻyadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Muncha ham bejirim qoʻl hunaringiz.. Har qatim, har chokda katta mahorat. — Gʻayra-tiy.
- U shartta-shartta qatim tortib.. mahsi tikib oʻtirardi. — Oybek — Bolalik.
- Koʻpol ip uziladi, mayin ip choʻziladi. Nozik qatim ignadan silliq oʻtadi, ogʻayni. — Y. Muqimov — Olov va nihollar.
Source: Wiktionary
Views: 0