Explanatory dictionary
qatl
қатл
Meanings
- Buyruq bilan rasmiy tarzda oʻldirish, oʻldirilish. Bechora oʻgʻlining qat-lidan keyin devona boʻlib qolibdi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Qatl qilmoq (yoki etmoq) Shunday oʻldirishni (oʻlimni) bajarmoq, amalga oshirmoq.
- Qatli bedod Omonsiz oʻldirish.
- Qatli nafs Oʻz-oʻzini oʻldirish. Qatli om Yoppasiga oʻldirish, qirish; qirgʻin.
Examples
- Rayimbek dodxoh Azizbek hokimiyatining tiragi edi. Uning qatlidan soʻng sipohlardan ruh tushdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Oʻgʻlimni qatl qilishdan olib qolishni soʻragan edim. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Moʻmin mirzosini qatl etdi jallod, Toʻliq maqsadga Majdiddin yetib shod. — Habibiy.
- Sen hamon rahm aylamas boʻlsang mening ahvolima, Qatli bedodingdin endi qilaqol aylab ketay. — Xamza — Paranji sirlari.
- Ulugʻbek mirzo tuzgan siyosatu saltanat vayron boʻladi, sodiq kishilar, ulamoyu fuzalo qatli om etilar ekanda! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Qatli om degani yetti yoshdan yetmish yoshgacha boʻlgan barcha odamlarning qilichdan oʻtkazilishidir. — "Sharq yulduzi".
Etymology
arab. – oʻldirish, qatl qilish; qotillik
Source: Wiktionary
Views: 0