Explanatory dictionary
qattiq
қаттиқ
Meanings
- Odatdagi sharoitda oʻz shakli va hajmini saqlaydigan.
- Umuman, shakl oʻzgarishlariga, tashqi taʼsirga yaxshi qarshilik koʻrsatadigan; sin-dirish, ushatish, kesish qiyin boʻlgan.
- Badanga, qoʻlga botadigan; salga ezil-maydigan, bosilmaydigan.
- Mahkam, mustahkam, pishiq.
- Belgi darajasi yuqori (ortiq) boʻlgan; kuchli, zoʻr, juda.
- Qiyinchilik, mashaqqat bilan boʻla-digan, kuch, mehnat, mashaqqat talab etadi-gan; ogʻir, qiyin, mashaqqatli.
- Sarf-xarajat, umuman, chiqimga tobi yoʻq, unga chidamaydigan.
- Beti (yoki yuzi) qattiq q. bet. Qattiq botmoq (yoki tegmoq) Xafa qilarli, ran-jitadigan darajada taʼsir qilmoq.
Examples
- Qattiq jism. Qattiq modda. Qattiq va suyuq yoqil-gʻilar.
- Qat-tiq yogʻoch. sht Bu yoqning toshi u yerniki sin-gari qattiq, yaxlit emas, juda boʻsh, gʻoʻrasha edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Shu tosh qurutni talashasizlar. Mana, koʻrdinglarmi, qattiq — tishlaringni ushatadi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Eng nozik nihollar ham toshday qattiq yerni, qoyalardagi yoriqlarni yorib, oʻsib chiqadi. — Gazetadan.
- Qattiq oʻrin. Qattiq xamir. yat U\ Toʻlagan aka\ tikanday qattiq soqolini Sidiqjonning yuziga ish-qab.. pichirladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Belbogʻni qattiq bogʻlamoq. n
- Xoliqov oʻrnidan turib, unga peshvoz chiqdi va qattiq qoʻl qi-sib koʻrishib, kresloga taklif qildi. — Oʻ. Usmonov — Sirli sohil.
- Endi gap shu: oyoqni qattiq tirang.. nasiyani tezroq undiring. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qattiq tovush. Qat-tiq ogʻriq. Qattiq iztirob. Hattiq sha-mol. Qattiq sovuq. Qattiq zarba. Qattiq hurmatlamoq. Qattiq azob chekmoq. Qattiq charchamoq. n
- Gulnor Yoʻlchini qattiq seva-di. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Neʼmat Xaydarovich, xotinim qattiq kasal.. — N. Qobil — Bemorlar.
- Kasalning qattiq iltimosi va talabiga koʻra, kabinetdagi telefonii ka-ravot yoniga oʻrnatdilar. — 111. Rashidov, Boʻ-rondan kuchli.
- Oʻzbek oyim oʻgʻlining bunchalik qatʼiy ketishini kutmagan edi va bu yoʻ-sin qattiq muomalani-da Otabekdan bi-rinchi martaba koʻrar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bu ovozni kim eshitardi, qattiqroq chaqirsang-chi! — B. Rahmonov — Bahor arafasi. Kechki payt yogʻa boshlagan yomgʻir yarim kechaga borganda chaqmoq, momaqaldiroq aralash qat-tiq quydi. S. Zunnunova, Gulxan.
- Qattiq meh-nat. n Bu uydagi xotinlar Unsinni qat-tiq yumushlarga sola boshladilar. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qattiq kundan bizlar-ni xalos etgan otamdir, Men shu musofir otamdan xabar olaman. — "Zulfizor bilan Avazxon".
- Undan biron narsa soʻrash kerak emas, oʻlgunday qattiq odam.
- Bu gap Toʻxta xolaga qattiq botdi. Kampir Bo-zorovning yuziga gʻazabli koʻzlarini tikdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Daminjonning "Ma-shinamning aqli bulturdan beri siznikiga qaraganda koʻproq kirganga oʻxshaydi", degani Shermat akaga juda qattiq tekkan edi. — A. Hayitmetov — Shonli avlod. Qattiq ran ayn. ogʻir ran q. ogʻir.
- Mening shunchalar qattiq gaplarimga qanday chidading? — K. Yashin — Hamza. Qattiq olmoq Qattiq botadigan darajada qabul qilmoq. -Qanaqa xato ekan? —
- koʻngliga qattiq olgandek sekretarga qaradi rais. — N. Safarov — Olov-li izlar. Qattiq turmoq Gap-soʻzidan, azm-qaroridan qaytmagan holda oʻzini tutmoq.
- Men oʻninchi sinfni tamomlagunimcha erga tegmayman, deb qattiq turib oldim. — B. Rahmonov — Bahor arafasi. Qattiqtutmoq 1) qattiq rioya qilmoq, amal qilmoq.
- Urf-odatlarni qattiq tutmoq; — 2) oʻz izmida (hukmida) saqlamoq — izmida boʻlishga majbur qilmoq.
- Shariat xotinni qattiq tu-tish kerak deydi-yu, ammo xotinni qancha qattiq tutsangiz, shuncha gʻaflatda qola-siz. — A. Qahhor — Mayiz yemagan xotin.
Source: Wiktionary
Views: 0