Explanatory dictionary
qaytmoq
қайтмоқ
Meanings
- Kelgan yoki kelayotgan to-moniga yoʻnalmoq, yurmoq; aylanib dast-labki yeriga kelmoq.
- Yana oldin boʻlgan ishga, aytil-gan ran, fikr va shu kabilarga kelmoq.
- Avvalgi holati, darajasi va shu kabilarga kelmoq, uni egallamoq.
- maxs. Toʻsiqqa urilib, yoʻnalishini oʻzgartirmoq.
- Voz kechmoq, tark etmoq, che-kinmoq.
- (asosan boʻlishsiz shaklda) Oʻzini tiy-moq; tiyinmoq. U
- Darajasi, kuchi pasayish, soʻnish tomonga yoʻnalmoq.
- Yoshi qaytmoq Hayoti keksalik tomon yuz tutmoq
- Qabul qilinmay, oʻtmay yoki ortib qolib qaytarilmoq, qaytarib berilmoq yoki qaytarib yuborilmoq.
- Evazi tegmoq, evazi egasiga kelmoq.
- Toʻmtoq, oʻtmas boʻlib qolmoq (narsalarning uchi yoki tigʻi haqida).
- Burilmoq, qayrilmoq.
- Keksalik holatida boʻlmoq, shu holatda (yoshda) oʻzini bardam tutmoq.
- Oʻlmoq, vafot qilmoq.
Examples
- Orqasiga qaytmoq. Sayohatdan qaytib kelmoq. Iziga qaytib ketmoq. Avtobus shu yerdan qaytadi. shsh U [
- Sidiqjon\ uyga xiyla taʼbi ochilib qayt-di. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Lirik che-kinishdan keyin asosiy mavzuga qaytmoq. yash ..ajoyib zamondoshimizning dostoni uzun. Vaqti bilan unga yana qaytarmiz. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Mana, yiqildim, deb it azobini koʻrgan mingboshi mana endigina asliga qaytib, erkin nafas oldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Oq sirtdan nur yaxshi qaytadi.
- Fikridan qaytmoq. Soʻzidan qayt-moq. Aytar soʻzni ayt, aytmas soʻzdan qayt! — Maqol. nsh
- Uni, xudodan qaytgan, deb tayoq bilan savaladilar. — M. Oʻrinxoʻjayev — Unutil-mas kunlar.
- hech narsadan qaytmaydi. Sen uchun oʻlimdan ham qaytmayman. yat Ho-mid bu tuhmatdan ham qaytmas va oʻz tuh-matini mahkama oldida mantiqiy ravishda isbot ham qila olur edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- ..ulardan pul undirib olish, benzin-ni talon-toroj qilishdan ham qaytmaydi. — G azetadan.
- Bemorning isitmasi qayt-di. Sovuq qaytdi. Bozor qaytdi. Undan ix-losim qaytdi. n
- Kech kirib, quyoshning tap-ti qaytganda, vagon-remont zavodining yosh-lari.. "sahna" yasadilar. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Nizomiddinovning titrogʻi qayt-gandek boʻldi. — S. Ahmad — Hukm.
- Yoshi qaytib, soqoliga oq oralagan boʻlsa-da, yigitlardek baquvvat edi. — M. Osim — Ajdodlarimiz qissasi.
- Mol bozordan qaytdi. Pul ortib, yuz soʻmi qaytib keldi. Un soʻmdan uch soʻm qaytdi. n
- Boʻlmasa, bu yoqqa ola qoling, qaytgan mol oʻzimizga tan! — "Yoshlik".
- Bolang tufayli har qancha ogʻirchilik boʻlsa, ustingga ol. Bu qarz bolangdan qaytadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bu yaxshi-liklaringiz bizdan boʻlmasa, xudodan qayt-sin. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Pichoqning yuzi qaytibdi.
- Ana shu yoʻl bilan toʻgʻri borib, chapga qaytasiz. — "Guldasta".
- Baʼzi odamlar keksayganda yaxshi qaytadi. yat Keksayganda Akbar akadek qaytish bosh-qalarga ham nasib boʻlsa edi. — Y. Shamsharov — oʻurumsaroyliklar.
Source: Wiktionary
Views: 0