Explanatory dictionary
qimtimoq
қимтимоқ
Meanings
- Lablarni bir-biri yoki tishi orasiga olib qismoq, yigʻishtirmoq. Munisxon tinik kizil lablarini qimtib, kulib yubormaslikning ehtiyotini kiladi. A. Qahhor, Sarob. Olaxoʻja labini qimtib, mushtini mosh-guruch sokolli iyagiga tirab, bir nafasxayol surdi. P. Tursun, Oʻqituvchi. Oyna opa zinadan tushib, uch odimcha bosdi-da, pastki labini qimtib, toʻxtadi. Sh. Xolmirzayev, Toʻlqinlar.
- Lablari bilan qismoq, chimtimoq. Burxon ota.. moʻylovini lablari bilan qimtib sukut qilar, goʻyo xatning davomini kutar edi. O. Yoqubov, Ota izidan. [Quyon] Jilgʻaga kelib, suv ichdi va koʻm-koʻk maysalarni qimtiy boshladi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
- Qismoq, silkitmoq, qimirlatmoq.
- Oʻzini qimtimoq Qimtinmoq, tortinib turmoq, iymanmoq. Kelganingizdan beri oʻzingizni qimtib, yozilibrok gapirishmaysiz. A. Qahhor, Sarob.
Examples
- Shokir aka oʻrnidan bir koʻzgʻalib, tizzasini qimtib, choponining barini qistirib oldi. — H. Nuʼmon — Fasllar. -Otasining oti nima edi? — deya Oyimxon Gulsumga burilgan edi, u esa kiftini qimtib: -Siz bilmasangiz, men qayoqdan bilay? — dedi. P. Tursun, Oʻqituvchi.
Source: Wiktionary
Views: 0