Explanatory dictionary
qirov
қиров
Meanings
- I Ayozli, havo ochiq, sokin (sha-molsiz) tunlarda tuproq, oʻt va yerdagi narsalar ustida hosil boʻladigan muz kris-tallari.
- Oʻsha kuni sovuq qattiq edi.. Soqollarda, moʻylovlarda, kipriklarda qirov. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Oq qirov Kuzgi qirov tushadigan payt; qalin qirovli kunlar.
Examples
- Bugun kechasi qirov tushibdi. n
- Toʻla oyning yorugʻida oʻsimliklar bargida paydo boʻlgan qirov yangi yoqqan qor kabi yarqirab koʻrinardi. — S. Ayniy — Esdaliklar.
- ..kuz keldi. Kuyosh tafti pasayib, ertalabki shudring oʻrnini qirov egallay boshladi. — "Yoshlik".
- Polizlardagi oq qirovga asralgan qirqma qovunlar ham uzil-di. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar. Sochiga (yoki soqoliga) qirov tushibdi (yoki kiribdi) Sochi, soqoli oqara boshlabdi; sochiga, soqoliga oq tushibdi.
- Oʻspirinning yonida chekka sochiga qirov tushgan oʻttiz besh yoshlardagi qoracha yigit bloknotiga ni-manidir yozayotgan edi. — H. Nazir — Odamning qadri.
Source: Wiktionary
Views: 0