Explanatory dictionary
qitiqlamoq
қитиқламоқ
Meanings
- Teriga, badanga tegib yoki tegizib, kulgi qistatmoq.
- fiziol. Qoʻzgʻatmoq, uygʻotmoq, taʼsir qilmoq (asabni, organizmni, ayrim aʼzo-ni).
- Bezovta qilmoq, qoʻzgʻatmoq, ku-chaytirmoq.
- Yurakni (yoki dilni, qalbni) qitiqlamoq Kishiga yoqib, shirin his-tuygʻular uygʻot-moq, rohat baxsh etmoq, zavq-shavq bagʻish-lamoq.
- oʻashini yoki achchigʻini keltir-moq, zardasini qaynatmoq.
- qitiqli Salga qitigʻi keladigan, qitiqdan choʻchiydigan, qitigʻi zoʻr. Qitiqli odam. Qitiqli ot.
Examples
- Bir-birini qitiqlab, hiringlashgan qizlar Nozikning soʻziga quloq solmadilar. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Nerv uchlarini qitiqlamoq. n
- Ular [oziq moddalar] yetarli boʻlsa, toʻqlik mar-kazi qitiqlanib, ishtaha boʻgʻiladi, kama-yib ketganida esa ochlik markazi qitiqla-nib, ishtaha ochshshdi. — "Fan va turmush".
- Qovurilayotgan kabob hidi dimogʻ-ni qitiqlaydi. — Y. Muqimov — Qutlugʻ qadam.
- Bu gaplar kishilarning mudragan ruhlarini qitiqladi.. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Xushboʻy yel-lar bilan dillar zavqini Qitiqlar.. orom-baxsh, sevikli bahor. — X. Rasul.
- Mashinaning darchasidan kirayotgan oʻynoqi shabada dillarni qitiqladi. — T. Rasulov — Marhamat.
- Salimxonning kelishmagan tovushi uni qitiqladi va u ham qoʻshila boshladi. — A. Qaqhor — Sarob.
Source: Wiktionary
Views: 0