Explanatory dictionary
qiyin
қийин
Meanings
- Qiyinchilik bilan amalga oshadigan, koʻp kuch, mehnat va sh.k. talab qiladigan; sermashaqqat, mashaqqatli; zid. oson.
- Ogʻirchilik, qiyinchilik bilan bogʻliq boʻlgan; ogʻir, mushkul.
- kesim vazifasida. Mahol, amrimahol.
- kam qoʻll. ayn. qiyinchilik.
Examples
- Qiyin ish. Qiyin masala. Qiyin vazi-fa. sht Sanat turlarining ichida eng qiyi-ni — rassomchilik. — F. Musajonov — Himmat.
- Mulla Fazliddin yosh podshohning amri bilan Buratogʻning chiqish qiyin boʻlgan xush-manzara bir qoyatoshi ustiga kichkina huj-ra qurgan. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Qiyin sharoit. Qiyin ahvol. m
- Qaraboʻtirsak —uyat boʻladi, xalq.. qiyin kunimda asqatmadi, deydi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Musofirchilik qiyin, bola-chaqani sogʻinadi kishi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- -Bola faqirga qiyin boʻldi, — dedi Jonizoq oqsoqol Oysuluv suzib kelgan ovqatni yeyayotib. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Qorongʻida kim ekanini bilish qiyin. Kasalning kelishi oson, ketishi qiyin. — Maqol. m U
- zamonda, oʻgʻlim, bizga oʻxshagan odamlarning toʻrt tanga orttirishi qiyin edi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Buning ustiga, suyagi meh-natda qotgan ayolning nozik qomat, xipcha bel boʻlishi qiyin albatta. — M. Xayrullayev — Tilla marjoy.
- Duduq odamning gapirishi qi-yin, ammo uning gapini tushunish undan ham qiyin. — F. Musajonov — Himmat.
- Qizniki qiyin bilan bitar, Ugʻilniki oʻyin bilan bitar. — Maqol.
Source: Wiktionary
Views: 0