Explanatory dictionary
qiyshaimoq
қийшаимоқ
Meanings
- Biror tomonga ogʻmoq. Devor qiyshayib qolibdi. tm Jangchilardan biri yoʻl boʻyida qiyshayib yotgan simyogʻochga taxta qoqib, koʻmir bilan yozib qoʻydi. A. Qaqhor, Oltin yulduz. Soʻlgʻin, sariq oʻt bilan qoplangan dalada qop-qora ikkita tankni koʻrdi — biri qiyshaygan, ikkinchisi esa tumshugʻini yerga qadagan. Oybek, Quyosh qoraymas. Nogʻorachilar va chirmandakashlar terlab-pishib.. goh qiyshayib, goh keskin silkinib chaladilar. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Burilmoq, oʻgirilmoq. Safar boʻzchi os-tona yonida maxdumga qiyshayib qaradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- Egrilanmoq, egilmoq, egri-bugri bul-mox; tob tashlamoxTaxta qiyshayib qolibdi.
- koʻchma s.t. Notoʻgʻri tomonga ogʻmox-Sizning Yoqubjoningiz ham, zveno boshligʻi bu yoqda qolib, agronomga qarab qiyshayib ketdi-ku. B. Rahmonov, Hasad va muhab-bat. Shunday paytda bir-birimizga tir-gov boʻlmasak, har kim har yoqqa qiyshayib, ish ora yoʻlda qolib ketadi. S. Mahkamov, Katta rulda.
- Asabiylikdan tabiiy holati, shakli oʻzgarmox, burushmoxAlamdan koʻzlari qiy-shaymoq. n Saidiy ish stoli yoniga kelib oʻltirganida, yuzining tomiri tortishib, basharasi qiyshaydi. A. Qahhor, Sarob. El-likboshining lablari allaqanday yomon qiy-shaydi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Araz xilmox, tirtaymoxShu ahvolda paxta undirib boʻladimi? Bugun bittasi qiyshaysa, ertaga ikkinchisi noz qilsa. Oy-din, Yuragida oʻti bor.
Source: Wiktionary
Views: 0