Explanatory dictionary
qizil
қизил
Meanings
- Qon rangidagi; qirmizi, alvon.
- Yuzning, badanning shu tusga moyil rangi; qizillik.
- vino.
- Oktyabr inqilobi, shoʻro tuzumi, armiyasiga oidlikni bildiradigan soʻz sifatida qoʻllangan.
Examples
- Qizil muqovali kitob.
- Qizil koʻylak.
- Qizil qalam.
- Qizil olma.
- Patnisda toʻrtta kulcha, ikki bosh qizil chillaki va bir bosh qush choʻqigan qandaydir oq uzum bor edi. — Oybek — Tanlangan asarlarQizil ari - qovogʻari.Qizil gul - 1) qizil rangda ochiladigan har qanday gul; 2) atirgulning qizil ochiladigan alohida bir turi.
- Yoz gulshani qizil gul, Xalqim qilur namoyish. — S. Akbariy 3) shunday gullar ochilgan paytda oʻtkaziladigan xalq sayili.Qizil kitob - yoʻqolib borayotgan yoki yoʻqolish xavfida boʻlgan noyob oʻsimlik va hayvon turlarini qayd qiluvchi davlat hujjati.
- Xalqaro qizil kitob. Oʻzbekiston kizil kitobi. Qizil lavlagi - qizilcha 1.
- Uning yuzidagi qizilga yana qizil qoʻshildi. — Oydin — Oʻzidan koʻrsin
- Shirinzabonovning yuziga qizil yugurdi. — Mushtum
- Siz har vaqt Jamolboy akam bilan choʻqishtirasiz, bizga joʻra boʻling, qizil iching! — Oybek — Tanlangan asarlar
- Qizil armiya.
- Qizil sharq.
- Qizil askar.
- Qizil toʻy.
- Qizil matbuot.
- Qizil choyxona.
- Qizil karvon.
- Qizil gvardiya.
Source: Wiktionary
Views: 0