Explanatory dictionary
qoraymoq
қораймоқ
Meanings
- Qora tusga kirmoq; qora rang olmoq (k- qora 1). Ok kishmish, kora kishmish, Kishmish korayib pishmish. "Qoʻ-shiqlar". Tutab yotgan tutundan gʻorga ki-raverishdagi toshlar korayib ketgan. Mirmuhsin, Meʼmor. Shox-shabbalari uchgan, yongʻindan koraygan oʻrmonlar tuman orasida vahim bir sukut saklardi. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Qoraga moyil, toʻq rang olmoq (q. qora
- ). Yoʻlchi kuyosh va dala shamoli bilan bir oz koraygan. Oybek, Tanlangan asarlar. Xol-matjon suvsizlikdan korayib ketgan bir tup niholni sugʻurib olmoqchi edi, ildizi bilan chiqmay, boʻgʻzidan uzildi. Said Ahmad, Ufq.
- Ifloslantiradigan narsalar qoplab, oʻz tiniqligi, toza rangini yoʻqotmoq; xira, kir tusga kirmoq.
- Qorongʻilik bilan qoplanmoq; qo-rongʻilashmoq.
- Boshqa narsalardan ajralib yoki gʻira-shira koʻrinmoq, sharpasi koʻrinmoq.
Examples
- Joʻravoy avvaliga pinagi-ni buzmaydi, qorayib ketgan doʻppisini boshidan olib, kaftiga bir uradi-da, qayta kiyadi. — Gazetadan.
- Ovqat pishdi. Qozonning rangi chiqib qoraygan goʻjaga qatiq ham rang kirgizolmadi. — A. Qahhor — Anor.
- Yaxshiyamki osmon bor — yerdan koʻtarilgan qancha-qancha gʻuborlarni yutgani bilan qorayib ketmaydi. — Mirmuhsin — Topilgan husn.
- Quyosh bota boshlar.. gavjum qirlarga Qoraya-qoraya toʻshalar oqshom. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Ertasi atrof qorayarkan, Jondor vagonchini oʻz pinjiga olib, "suhbat"ga joʻnadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Chodir yonida soyadek qorayib turgan kishi oldida toʻxtab, engashib, uning betiga qaradi. — S. Ahmad — Ufq.
- ..ikki tomondagi togʻ choʻqqilari osmon sathida elas-elas qorayib koʻrinar edi. — O. Yoqubov — Izlayman.
Source: Wiktionary
Views: 0