Explanatory dictionary
qosh
қош
Meanings
- Qovoq tepasidagi yoysimon tukli qatlam.
- Qosh koʻyaman deb koʻz chiqarmoq Yaxshi, foydali ish qilish uchun urinib, yomon, xato ish qilib qoʻymoq, tuzataman deb buz-moq. U
- Baʼzi narsalarning old qismi, turtib chiqqan joyi.
- Uzuk, isirgʻa kabi buyumlarga oʻyib so-lingan yoysimon gul — bezak.
- (3-sh. egalik va makon kelishiklari shayushda — qoshiga, qoshida, qoshidan) koʻm. vazifasida. Makon munosabatlarini bildiradi.
- Qosh qoraydi Kech kirdi, oqshom qoron-gʻisi tusha boshladi.
Examples
- Quyuq qosh. Payvasta qosh. Qosh(ni) boʻyamoq. Qosh(ni) termoq. Qosh(ni) chimirmoq. Qosh(ni) qoqmoq. yat Samandarov bir qoshi past va bir qoshi baland boʻlib, oʻchib qolgan maxorkasini chiroqdan tutatib oldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- -Hoy-hoy, — kotib tutash qoshlarini uchirib qoʻyib, Akbarga koʻz qisdi. — A. Obidjon — Akang qaragʻay Gulmat.
- Nazokatning oldiga kirish uchun shuncha xezlanardi-yu, birok, qizishib turgan bir paytda yana qosh qoʻyaman deb koʻz chiqarib qoʻ-yishdan hayiqardi. — J. Abdullaxonov — Yoʻl.
- Ayvonning qoshi. sht Xiz-matkorlar qoʻltigʻimdan koʻtarib, otga min-gashtirmoqchi boʻlganlarida, oyogʻim uzangidan toyib, burnim egarning qoshiga tegib ketdi. — Gʻ. Gʻulom — Tirilgan murda.
- Kanizlarning qoʻllarida qoshlari brilliant oltin bilagu-zuyushr, boʻyishgarida zebigardonlar. — J. Sharipov — Xorazm.
- Hech kim rahm ashshmas qoshsh yoshimga, Shakar aka, kelgin mening qoshimga. — "Shirin bilan Shakar".
- Qoshimdan noz-istigʻno bilan ketding, yomon boʻldi, Qoshimga noz-istigʻno bilan kel-sang, yomon boʻlmas. — J. Kamol.
- Uch qizim bor, bir oʻgʻlim bor qoshimda, Baxtu davlat keldi yetmish yoshimda. — Habibiy.
- Qosh qorayib, odam odam-ni tanimaydigan boʻlib qoldi. — Oydin — Chaqa-loqqa chakmoncha.
- Hirot aholisi qosh qora-yishi bilan koʻcha eshiklarini ichidan zan-jirlab olar edyushr. — M. Osim — Zulmat ichra nur.
Source: Wiktionary
Views: 0