Explanatory dictionary
qul
қул
Meanings
- . Ekspluatatorlik jamiyatining ilk davrlarida xususiy mulk, mol qatori olib-sotilgan, butunlay xoʻjayinga qaram boʻlgan, hech qanday haq-huquq va molu mulkka ega boʻlmagan xizmatkor.
- . Umuman, sinfiy jamiyatda ekspluatatsiya hamda siyosiy-iqtisodiy qaramlik asoratida har qanday huquqdan mahrum boʻlgan, eziluvchi kishi.
- . Kimsaga koʻr-koʻrona xizmat qiluvchi, boʻysunuvchi; itoatgoʻy, malay, xizmatkor.
- . Biror kimsaga, yoki narsaga qattiq berilgan, dardi va xayoli oʻshanda boʻlgan kishi, uning fidoyisi.
- . Banda.
- (Xudo) ol qulim deb (yoki desa) Xudo qoʻllab-quvvatlasa.
- Quling oʻrgilsin Juda yaxshi, juda soz, ajoyib, qoyilmaqom.
Examples
- Oyjamol, mana bu yer qul bozori boʻlgan, — Sherniyoz sandiqsozlik doʻkoni qarshisidagi maydonchani koʻrsatdi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Xafa boʻlmang, biz haq olmasdan ham ishlaymiz. Axir biz qulmizku, haq talab qilishga haddimiz bormi?! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Qizlar bunda choʻri, tul edi, Yigitlar xoʻr, gado, qul edi. — E. Rahim.
- Mashi, — dedi Fazliddin, — lekin shunday yaxshi qulni ular bizga berishmas, deyman. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bizning Qamishkapada koʻpchilik ayollar hali ham "toʻrt devor" ichida erlariga qul boʻlib kelmoqdalar, — dedi Gulsum. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Yaxshi gapning quliman. Oʻz qarashlarining quli.
- Sen ham ot quliga oʻxshaysan. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..oramizda Mirhaydar degan kecha-kunduz faqat ovqatni oʻylaydigan, qornining quli boʻlib qolgan.. bir yigit bor edi. — O. Yoqubov — Izlayman.
- Manguga qolay, deya shuhrat quli Iskandar Yuksak toqqa oʻzining suratini solibdi. — A. Oripov — Yurtim shamoli.
- Xudo xabar olsin jami qulidan.. — "Hasanxon".
- Yo xudo, bu gunohkor oʻgʻlimga oʻzing tavfiq ber va men qulingni kechir. — Oybek — Nur qidirib.
- Ollohning dargohi keng. Ol qulim, deb zora hazrat oliylarining koʻngliga muruvvat solsa, ruxsat boʻlgʻay. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Quling oʻrgilsin joy. Quling oʻrgilsin jonon.
- Bunaqa quling oʻrgilsin shoʻrvani uyda keliningiz ham qilib bergan emas, xolajon! — O. Yoqubov — Bahor kunlaridan birida.
Source: Wiktionary
Views: 0