Explanatory dictionary
quroq
қуроқ
Meanings
- Ulab-qurab, biror narsa hosil qilish uchun yaroqli mato parchasi.
- Shunday quroqlarni biriktirib tikib hosil qilingan.
- Quroq yostiq.
- Mayda boʻlaklardan iborat, boʻltak-soʻltak, laxtak-luxtak, parcha-purcha.
Examples
- Bir qator attorlar eski qop, yagʻir sholcha, yirtiq boʻz parchashridan, qizil, oq, koʻk, yashil laxtak quroqlardan turli-tuman soyabonlar yasab, mollarini bevosita yerning oʻziga uyib qoʻyibdilar. — Gʻ. Gʻulom — Shum bola.
- Oʻrtaga novcha qiziqchi chiqadi. Choponi qizil, koʻk, yashil, sariq quroq lattalardan yamalgan. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- Quroq dasturxon.
- Rais peshonasidagi oqib tushayotgan terni artib, quroq bilan bezatilgan yostiqqa yonboshlab, yuzini shabadaga burdi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Qirlarda qorning choki soʻkilgan, hamma yoq ola-bula quroq, koʻrpaga oʻxshaydi. — Sh. Gʻulomov — Inson qoʻli gul.
- Usti-boshi yupundi rosa, Bor bezagi bir kurok chopon. — H. Poʻlat. —
- Quroq, yerlar.
- Choʻldan quroq ham qoldirmabsiz, ota. Obodlik kishining mehrini tortib, oʻziga sehrlab qoʻyadi. — A. Xasanov — Chirokdar.
Source: Wiktionary
Views: 0