Explanatory dictionary
qutulmoq
қутулмоқ
Meanings
- Koʻngilsiz, ogʻir, xavf-li va sh.k. holdan xalos boʻlmoq.
- Saqlanmoq, omon qolmoq.
- Bandi, tutqun kabi holatdan boʻsha-moq, boʻshab chiqmoq; ozod boʻlmoq.
- Tashlab, tark etib, barham berib yoki voz kechib xalos boʻlmoq.
- Rejadagi ish, vazifa va shu kabilarni ba-jarmoq, tugatmoq, amalga oshirmoq.
- Zimmadagi burch, qarz kabilardan hisob-kitob bilan uzilmoq.
- Koʻzi yorimoq; boʻshanmoq, tugʻmoq (homilador ayol haqida).
- Koʻpdan quyon qochib qutulmas Koʻpchilik birlashib, hamma ahillik bilan baravar harakat qilsa, har qanday ish ham bitadi, maʼnosidagi maqol. Olishar biron yoʻlini topayotgandir-da, topmaydigan boʻlsa, Axmedov akam aytmas edilar. Olimlar ham bir boʻlib ishlasa.. koʻpdan quyon qochib qu-tulmaydi. A. Qahhor, Qushchinor chiroqlari. Qochib qutulmaydi Amalga oshmay, baja-rilmay qolmaydi. Yoshlardan ish qochib qu-tulmaydi.
Examples
- Xijo-latlikdan qutulmoq. Xavf-xatardan qu-tulmoq. Kasallikdan qutulmoq. Tashvish-dan qutulmoq. m
- Sen qutulding qaygʻu, hasratdan. — Gʻayratiy.
- Bosib kelayotgan gʻash-likdan qutulish uchun, chamadonidan ikki-uch-ta kitobini oldi. — X. Sultonov — Onamning yurti.
- Bir oʻlim-dan qutuldim. Qordan qutulib, yomgʻirga tutulmoq. m
- Siz oʻylagan qadar oson emas, afandim, gunohdan qutulib ketishingiz. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- "Komsh baloni bshadi, — deb oʻyladi ichida bek, — Mening qorabayirimdan qochib qutuldi u tulki!" — H. Gʻulom — Mashʼal.
- [Yoʻlchi] Qamoqdan qutulib chiqsa, uni bir koʻrsam. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Chekishdan qutuldi. Yomon odatlaridan qutuldi. n
- Agar shu hol-da davom eta bersalaring, ikkovlaringga ham baravar javob berib, qutulaman! A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Toʻyning yumushlaridan endigina qutulgan Yoʻlchi toʻqqiz yogʻochli uyda.. yolgʻiz oʻtirar edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Nega qutular ekansan! Dadamning haqlarini berib, undan keyin qutulasan. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Shunday qilib, boy ikki yuz ming soʻm uchun beradigan zakotdan qutuldi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qarzimizdan qu-tulsak, xudoga shukur, qutulmasak, yana boy yelkamizda-da. — "Sharq yulduzi".
- Eson-omon qutul-dingizmi, Salimaxon, uy bshgan boʻlib, qut-lagani ham kelolmasam-a. — R. Fayziy — Sen yetim emassan.
Source: Wiktionary
Views: 0