Explanatory dictionary
quvvat
қувват
Meanings
- Harakat-faoliyatga olib keluvchi qobiliyat; harakatlanish, harakatlantirish qobiliyati; kuch.
- Quvvatga kirmoq Sogʻaymoq, kuch toʻpla-moq. U
- ayn. energiya.
- Bir vaqt birligi ichida baja-rilgan yoki bajariladigan ish miqsori.
- Korxonalarning ishlab chiqarish imkoniyatlari majmui.
- Kuch, chidamlilik.
- Moddiy, maʼnaviy imkoniyat; qodirlik, qurb; qobiliyat, layoqat, bilim.
- Quvvati yetmoq (yoki kelmoq) 1) kuchi yet-moq.
- q. kaloriya.
- Dalda, madad.
Examples
- ..qirq ming elat ichida bu qizga quvvati barobar keladigan er yigit yoʻq. — "Boʻtakoʻz".
- Qaridim, ish qilishga qolmadi quvvat. — Gʻayratiy.
- Poyezd borar.. quvvatga toʻlib. — H. Poʻlat.
- [hakim-doktor] tomirimni ushlab, andak mulohaza qildi-da: -Sizniki — kosib kasal, dalaga chiqing, bahridilingiz ochilsa, quvvatga kirib ketasiz, — dedi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Quvvatdan ketmoq (yoki qol-moq) Holsizlanmoq, zaiflashmoq, kuch-quv-vati ketmoq.
- Elektr quvvati. m
- Shu suvning quvvatidan uyimiz yorugʻligi. — Q. Muhammadiy.
- Ulugʻ kishilik aqli atomdagi quvvatni Pokiza umid bilan qila ololdi ijod. — Gʻ. Gʻulom.
- 500 megavatt quvvatga ega boʻlgan gidrostansiya. Quvvat bir sekundda bajarilgan ishdir.
- Mavjud korxonalarning iillab chiqarish quvvatini oshirish bilan yangi obʼyektlar ham barpo etildi. — "Fan va turmush".
- Chirigan yogʻochning quvvati boʻlmaydi.
- "Oʻch"da qahramonlarning har ikkalasi ham xarakter sifatida oʻzlarining joziba-dorligi, maʼlum bir xislatlarining boʻrt-tirib tasvirlanishi bilan kitobxonni oʻziga tortib olish quvvatiga ega. — M. Qoʻsh-jonov — Poemadan romanga.
- Elmurod kimda qanday oʻqish asbobi borligini tekshirib chishandan keyin, oʻquvchilarning quvvatini sinashga kirishdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻyla, bolam, kimga kelar quvvating? — "Rustamxon"; 2) imkoniyati yetmoq — qurbi kelmoq. -Bitta xotin olib berishga quv-vatim yetadi, — dedi Botirjonga dadasi. Q. Maqsumov, Saodatli chamanda.
- [Nuri] Pul va boylikning quvvatiga ishongani uchun, bu yoʻlni qulay deb topdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Bir piyola choydagi quvvat bir burda nonga teng ekanligi hisoblab chi-qilgan. — K. Mahmudov — Qiziqarli pazandalik.
- Argʻamchiga qil quvvat. — Maqol. m Mayin tovush eshitil-di: -Kelinglar.. rahmat! Odamga odam quv-vat boʻladi, mingrahmat! A. Qahhor, Ming bir jon.
- Indamasa ham, shu yerda turishi, Gʻulomjondan nimanidir kutishi yigit yuragiga quvvat berdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
Etymology
\a. oji — kuch, quvvat; energiya
Source: Wiktionary
Views: 0