Explanatory dictionary
reja
режа
Meanings
- [f. j — kir yoyiladigan
- ip, arqon; saf, qator] 1 Devorzanlik va shunga aloqador kasblarda: devor va shu kabilarning tekis, toʻgʻri chiqishi uchun ustalar tarang qilib tortib qoʻyadigan ip, sim va sh. k.
- Biror ishni tartibi bilan va oʻz vaq-tida bajarish uchun oldindan belgilab olingan aniq yoki taxminiy moʻljal.
- Belgili tartib, qoida, oʻlchov. Ish re-jaga tushdi. n
Examples
- Reja olmoq. Reja solmoq. nsh
- -Bekturdi aka, — derdi u [Qozoqboy] gʻisht terayotgan ustaga qarab, — gʻishtni yaxshi terayotgan boʻlsangiz ham, reja ipini tortib olmaganingiz yomon. — M. Qoʻshoqov — Usta yigit.
- Ertan-gi ishga bugun reja tuz. — Maqol. ■■
- Boʻron rejalarimizni buzolmaydi, taqdirimiz ham boʻronning qoʻlida emas. — Sh. Rashidov — Boʻ-rondan kuchli.
- Adolat qizlarga oʻz rejasini tushuntirdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- [Brigada aʼzolarining] Har yili paxta tayyor-lash shartnomaviy rejasini mamlakat boʻ-yicha birinchi boʻlib.. uddalashlariga oʻrganib qoldik. — Gazetadan.
- Bu oilada yeyish-ichish belgili tartib ham rejaga tobe esa-da, har kun shirin-shirin ovqatlar tayyorlanadi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Albatta, kam-pir kelinlarini roʻzgʻordan siqmasdi. Ammo rejani buzmay, masalliqni isrof qilmay ish tutardi. — S. Ahmad — Saylanma.
Source: Wiktionary
Views: 0