Explanatory dictionary
rivoj
ривож
Meanings
- \a. j-ljj — tarqalish, yoyilish, kengayish; ommalashish; pulning aylanishi] 1 Bir sifat \olatidan ikkinchi, yuqori si-fat holatiga oʻtish, oʻsish, yuksalish; taraq-qiyot, ravnaq.
- Oʻsib-unish, ulgʻayish, avj.
- Muvaffaqiyat; ravnaq, yuksalish.
- Rivoj bermoq Rivojlantirmoq, yuksal-tirmoq.
Examples
- Fan va texnika rivoji. No-haq ishga rivoj yoʻq. — Maqol. n
- [Safarov:] Xoʻjayin boʻlgandan keyin kishi oʻz xujali-gining kam-kusti, uning rivoji toʻgʻrisida oʻylaydi, jon kuydiradi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Paxtaning rivoji yaxshi.
- Bu savdogar /Abdulziyo] ishning rivoji va koʻra-yotgan foydalaridan ogʻiz ochmadi. — Oybek — Navoiy.
- Doʻstlik boʻlmagan joyda ishning rivoji ham boʻlmaydi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Senga baxtdan taxt tilarman, Toledan boshingga toj, Mulki husningga omonlik, Toju taxtingga rivoj. — E. Bolidov — Muhabbat.
- Ehtimol, u podshoh ilm-maʼrifatga rivoj berib, ahli fuzaloga mehribonlik koʻrsatar. — Mirmuhsin — Meʼmor. Rivoj ol-moq (yoki topmoq) yoki rivojga minmoq 1) rav-naqtopmoq, yuksalmoq, oʻsmoq, taraqqiy et-moq.
- Soʻzni bilgan zarga boʻlmaydi muhtoj, Zar qimmati topar soʻz bilan rivoj. — "Aql aqldan quvvat oladi".
- -Muhtaram karvon-boshi, ilohi safaringiz bexatar boʻlsin, savdongiz rivoj topsin, huzuringizga bir iltimos bilan keldim, — dedi bir karvon-boshi ikkinchisiga. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Ha, mayli, ishlaring rivojiga minib, stansiyalaring bitsin. — S. Ahmad — Qadrdon dalalar.
- Tadbirkorlik oʻz-oʻzidan davlat ish-tirokisiz, uning yordamisiz rivoj topmay-di. — "Iqtisodiy nazariya"; 2) kuchaymoq — zoʻ-raymoq, avj olmoq.
- Bogʻiafzal qishloqlari-da qadimgi zamonlarda bir necha katta boy-lar boʻlib, ular orasida quldorlik juda rivoj topgan ekan. — S. Ayniy — Esdaliklar; 3) oʻsib-unmoq, ulgʻaymoq.
- Gʻoʻzalar yaxshi rivoj o.iyuqda; — 4) muvaffaqiyat qozonmoq.
- Asriyan ishga qanchsshik diqqat bermasin, rivoj top-madi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
Source: Wiktionary
Views: 0