Explanatory dictionary
riyozat
риёзат
Meanings
- . Qiyinchilik, mashaqqat, ogʻir mehnat, zahmat.
- . Dunyoviy ishlardan oʻzini, nafsini tiyib qiynalish, oʻzini qiynash (tasavvufda tariqatning asosiy shartlaridan biri.)
Examples
- Nega meni yoʻqlamas doʻstlar, Bir doʻst, deya chekmas riyozat? Kimdir bugun holimga kular, Kimdir menga qilar xiyonat. — A. Poʻlkan — Izhor.
- Bu iztirob koʻnglini lahza sayin yuksaltirib borar, chekkan nihoyasiz riyozat va azoblari evaziga unga yupanch berar, hamdard boʻlmokko vaʼda etar edi. — X. Sultonov — Onamning yurti.
- Pedagog obroʻyini topish uchun chuqur bilim egallab, aqlu odob kasb etib, bir umr halol riyozat chekmoq lozim. — R. Usmonov — Odobnoma.
- Riyozatning natijasi — fakru fano, yaʼni shyuhiy axloq sohibi boʻlish. — Gazetadan.
Etymology
arab. – gimnastika mashqlari, sport mashgʻuloti; matematika; qiyinchilik, mashaqqat
Source: Wiktionary
Views: 0