Explanatory dictionary
rizq
ризқ
Meanings
- Hayot uchun zarur ozuq, ozuqa, qut, nasiba, ovqat.
- Biror ish, harakat va sh. k. uchun asos boʻlgan narsa; ozuqa, oziq.
- Qurʼoni karim, Islom diniga koʻra, xudo qar bir kishi, jonivor uchun atagan, oʻlchab, belgilab qoʻygan nasiba, ulush.
- Rizqi tugamoq Oʻlmoq, yoʻq boʻlish, tugash vaqti kelmoq.
Examples
- Qunt bilan oʻrgan hunar, Hunardan rizqing unar. — Maqol.
- Meh-mon kelar eshikdan, Rizqi kelar teshikdan. — Maqol. n
- Har bir odam dunyoga kelar ekan, oʻz rizqi bilan tugʻiladi, degan gap bor. — "Yoshlik".
- ..Rizqi ona yerga sepilgan xalqim, Ushoq chigitni ham etmay deb uvol, Million egatlarga egilgan xalqim. — A. Oripov.
- Qudrat.. yalmogʻiz qashshoqlikning zaharli tomirlari oʻz [uning] rizqini qayerdan va qanday olishi-ni yaxshi bshshb oldi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Otlar dashtlarda qoʻylarga qaraganda koʻproq chidamli boʻladi, oʻz rizqini bemalol topib yeydi. — Gazetadan.
- Don — insonning, somon — chorva mollariningrizqi. — Gazetadan.
- Bu oʻrik mehnatsevar dehqonning mehri va mu-habbatidan rizq olib oʻsardi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Karvon koʻp, rizqi boʻlak. — Maqol. m
- Olloh yoʻlida hijrat qilgan, soʻngra qatl qilin-gan yoki vafot topgan zotlarni, albatta, Olloh goʻzal rizq bilan ruhlantirar. — Gazetadan.
- Sen bilan mening tan-jonimiz sogʻ boʻl-sa, bu joʻjalarning rizqini xudo beradi.. — K. Yashin — Hamza.
- [Zebi:] Yigit moli yerda, har kimni xudoyi taolo oʻz rizqi bilan yaratadi, oʻgʻlim. — U. Ismoilov — Saylanma.
- Ey parvar-digori olam, oʻgʻlim Hamzaxonning umrini uzun, iqbolini baland, rizqini moʻl qilgaysan. — K. Yashin — Hamza.
- Goʻdakning rizqi tugab, kuni bitgan. Taqdiri azalda bitilgani shunday boʻlgach, nachora! Bandalik ekan.. — K. Yashin — Hamza.
Etymology
a. رزق - yashash vositasi, taʼminot; ulush, nasiba
Source: Wiktionary
Views: 0