Explanatory dictionary
rohat
роҳат
Meanings
- . Estetik zavq yoki orom beradigan narsalardan olinadigan lazzat, huzur, gasht.
- . Huzur-halovat, farogʻat, tinch va farovon hayot.
- . Rohat (xotin-qizlar ismi).
- Rohat olmoq (yoki topmoq, qilmoq) Lazzatlanmoq, huzur qilmoq.
Examples
- Sevgisin aytmaslik — qizlar odati, Nozu karashmasi — yigit rohati. — M. Alaviya.
- Kunduzlari issiqdan behol boʻlgan odamlar kechadan rohat kutadilar. — M. Ismoiliy — Fargona t. o.
- Rohatda yashamoq. Mehnat, mehnatning tagi — rohat. — Maqol.
- Mehnatsiz rohat yoʻq. — Maqol.
- Endi senlar omon boʻlinglar. Dunyoning rohatini senlar koʻringlar. — Oydin — Oltin uzukka olmos koʻz.
- [Puldorlarning] Qornilari toʻq. Bola-chaqalari rohatda, uylarida qazi-qarta qaynaydi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Kuch, rohat olar edim, Ipak sochlaring silab. — Gʻayratiy.
- Avaz har vaqt Sobir akalar singari hunarmand mehnatkashlar gurungidan rohat topadi. — J.Sharipov — Xorazm.
- Oʻtirganlar ajoyib ovoz bilan aytilgan lirik ashulani rohat qilib tinglaydilar. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
Source: Wiktionary
Views: 0